Toshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyatUy-joy egalariga ko‘chmas mulkning yangi bahosi bo‘yicha xabarnomalar kelmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev Toshkentdagi yangi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurdiSiyosatO‘zbekiston iyulda 1 tonna oltin sotdi, lekin dunyoda top-3 xaridorligicha qolmoqdaIqtisodiyot

AQSh O‘zbekiston va boshqa 40 dan ortiq davlatni Xitoyga bojlarni aylanib o‘tishda yordam berganlikda aybladi

AQSh O‘zbekiston va boshqa 40 dan ortiq davlatni Xitoyga bojlarni aylanib o‘tishda yordam berganlikda aybladi

Oq uy hisobotida O‘zbekiston va boshqa 40 dan ortiq davlatni Xitoyga bojlarni aylanib o‘tishda yordam berganlikda aybladi. Vashington bu sababli har yili milliardlab dollar yo‘qotayotganini bildirmoqda.

Oq uy e’lon qilgan «Yuklarni qayta ortish bo‘yicha katta firibgarlik» nomli hisobotida O‘zbekiston va Qozog‘istonni o‘z ichiga olgan 40 dan ortiq mamlakat Xitoyga AQSh tomonidan joriy etilgan yuqori boj stavkalarini aylanib o‘tishga ko‘maklashganlikda ayblandi.

Hujjatda ta’kidlanishicha, Xitoy ishlab chiqaruvchilari va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan savdo kompaniyalari uchinchi mamlakatlardan tovarlarni minimal darajada qayta ishlash, qayta markirovkalash va qadoqlash uchun foydalangan. Natijada tovarlar go‘yo Xitoyda ishlab chiqarilmagandek taassurot hosil qilinib, AQSh bozoriga pastroq boj stavkalari ostida olib kirilgan.

AQSh Administratsiyasining Savdo va ishlab chiqarish siyosati boshqarmasi rahbari Piter Navarro Xitoy Prezident Donald Tramp tomonidan bojlar joriy etilgach, tovarlarni qayta ortish va «yuvish»ning nihoyatda murakkab tizimini yo‘lga qo‘yganini bildirdi. Oq uy hisob-kitoblariga ko‘ra, bunday noqonuniy amaliyotlar sababli AQSh har yili 19 milliarddan 26 milliard dollargacha federal daromad va 450 mingga yaqin ish o‘rnini boy bermoqda.

Hisobotda davlatlar xavf darajasiga ko‘ra uchta guruhga bo‘lingan:

Birinchi guruhga AQShning yirik savdo hamkorlari kiritilgan: Kanada, Yevropa Ittifoqi, Hindiston, Isroil, Yaponiya, Meksika, Janubiy Koreya va Tayvan.

Ikkinchi guruhdan Xitoy ta’minot zanjirlariga chuqur integratsiyalashgan va qayta ortish hajmi sezilarli bo‘lgan mamlakatlar joy olgan: Braziliya, Indoneziya, Malayziya, Tailand, Turkiya va Vetnam.

Uchinchi guruhga esa arzon ishchi kuchi, erkin iqtisodiy zonalar yoki kuchsiz bojxona nazoratiga ega bo‘lgan 24 ta kichikroq iqtisodiyot kiritilgan. Ushbu ro‘yxatdan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Shveysariya, Singapur, BAA, Filippin, Gruziya va Ozarbayjon joy olgan.

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp 2025-yil noyabr oyida Xitoy tovarlariga qarshi 100 foizlik bojlar joriy etilishini ma’lum qilgan edi. Pekin o‘z navbatida Vashingtonni bir tomonlama cheklovlarni bekor qilishga chaqirgan.