So‘nggi:
Sobiq imom va «Rayxon» brendi asoschisi Odilxon Ismoilov 8 yilga qamaldiJamiyatRossiyada ayollarga harbiy komissariatdan chaqiruv qog‘ozlari yuborilmoqdaDunyoXorijiy turoperatorlarga O‘zbekiston fuqarolariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tur sotish taqiqlanishi mumkinIqtisodiyotFarg‘onada o‘z farzandini sotmoqchi bo‘lgan er-xotin 5 yilga qamaldiJamiyatToshkentning qator hududlarida tunda issiq suv harorati pasaytiriladiJamiyatJCH-2026 o‘yinlariga 6,8 million tomoshabin tashrif buyurdi va yangi rekord o‘rnatildiSportJazirama issiq havo 21-iyuldan boshlab O‘zbekistonni tark etadiJamiyatToshkent viloyati va Vodiyning tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi e’lon qilindiJamiyatO‘zbekistonda anomal issiq sababli turizm sohasi uchun «siesta» joriy etilishi mumkinIqtisodiyotIspaniya Argentinani mag‘lub etib, JCH-2026 chempioniga aylandiSport

AQSH Kubaga yadroviy aviatashuvchi kema yubordi

AQSH Kubaga yadroviy aviatashuvchi kema yubordi

AQSH Kuba sobiq prezidenti Raul Kastroga ayblov e’lon qilgach, Karib dengiziga USS Nimitz aviatashuvchisini yubordi. Rossiya esa Kubani qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Ushbu guruh tarkibidan aviatsiya qanoti, esminets va ta’minot tankeri ham o‘rin olgan. AQSH ushbu harbiy kemalarini prezident Donald Tramp ma’muriyati Kubaning 94 yoshli sobiq prezidenti Raul Kastroga qarshi rasmiy ayblov e’lon qilganidan so‘ng darhol yo‘lladi.

Kastro 1996-yilda Kuba qiruvchi samolyotlari tomonidan xalqaro suvlarda AQSH fuqarolari bo‘lgan samolyotning urib tushirilishi va to‘rt kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan til biriktiruvda ayblanmoqda.

Aviatashuvchi kema yuborilganiga qaramay, Donald Tramp Kubaga qarshi to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy harakatlarni kuchaytirish niyati yo‘qligini va buni hozircha zarur deb hisoblamasligini bildirdi. Biroq Oq uy matbuotiga ko‘ra, Vashingtonda ham diplomatik, ham harbiy variantlar ko‘rib chiqilmoqda.

AQSH va Kuba o‘rtasidagi munosabatlar Tramp hokimiyatga qaytganidan keyin keskin yomonlashdi va joriy etilgan neft blokadasi orolda energetik inqirozni keltirib chiqardi.

O‘z navbatida, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ushbu vaziyatda AQSHning sanksiyalari hamda ichki ishlarga aralashish harakatlarini qoralab, Kubani faol qo‘llab-quvvatlashini va orol xalqi bilan birdam ekanini ma’lum qildi.