So‘nggi:
Sobiq imom va «Rayxon» brendi asoschisi Odilxon Ismoilov 8 yilga qamaldiJamiyatRossiyada ayollarga harbiy komissariatdan chaqiruv qog‘ozlari yuborilmoqdaDunyoXorijiy turoperatorlarga O‘zbekiston fuqarolariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tur sotish taqiqlanishi mumkinIqtisodiyotFarg‘onada o‘z farzandini sotmoqchi bo‘lgan er-xotin 5 yilga qamaldiJamiyatToshkentning qator hududlarida tunda issiq suv harorati pasaytiriladiJamiyatJCH-2026 o‘yinlariga 6,8 million tomoshabin tashrif buyurdi va yangi rekord o‘rnatildiSportJazirama issiq havo 21-iyuldan boshlab O‘zbekistonni tark etadiJamiyatToshkent viloyati va Vodiyning tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi e’lon qilindiJamiyatO‘zbekistonda anomal issiq sababli turizm sohasi uchun «siesta» joriy etilishi mumkinIqtisodiyotIspaniya Argentinani mag‘lub etib, JCH-2026 chempioniga aylandiSport

AQSh immigratsiya ustidan nazoratni kuchaytirmoqda: jinoiy o‘tmish to‘liq tekshiriladi

AQSh immigratsiya ustidan nazoratni kuchaytirmoqda: jinoiy o‘tmish to‘liq tekshiriladi

AQSh Fuqarolik va immigratsiya xizmati (USCIS) Federal qidiruv bürosi (FQB) ma’lumotlar bazasidan foydalanish imkoniyatini kengaytirdi. 27-apreldan boshlab arizachining jinoiy o‘tmishi to‘liq o‘rganilmaguncha grin-karta yoki fuqarolik berilmaydi.

27-apreldan boshlab AQSh Fuqarolik va immigratsiya xizmati (USCIS) chet el fuqarolarining ma’lumotlarini tekshirishning yangi, qat’iy tartibiga o‘tdi. Endilikda idora Federal qidiruv bürosining (FQB) kengaytirilgan ma’lumotlar bazasiga kirish huquqiga ega bo‘ldi. Yangi qoidalarga ko‘ra, arizachining jinoiy o‘tmishi, jumladan arxivdagi hibsga olish va sudlanish holatlari to‘liq tekshirilmaguncha, grin-karta yoki fuqarolik bo‘yicha hech qanday ijobiy qaror qabul qilinmaydi.

Tekshiruv qamrovi kengaymoqda

Yangi talablar nafaqat grin-karta izlovchilarga, balki oilani birlashtirish, turli vizalar yoki siyosiy boshpana so‘rab murojaat qilgan shaxslarga ham tegishli. Ilgari e’tibordan chetda qolgan yoki yopilgan deb hisoblangan eski arxiv ma’lumotlari ham endi qayta ko‘rib chiqiladi.

Nazoratning qo‘shimcha usullari

USCIS faqat ma’lumotlar bazasi bilan cheklanib qolmay, qo‘shimcha tekshiruv choralarini ham joriy etmoqda:

  • Ijtimoiy tarmoqlar tahlili: Arizachining internetdagi faoliyati o‘rganiladi.

  • Moliyaviy audit: Daromad manbalari va bank operatsiyalari tekshiriladi.

  • Joyiga borib o‘rganish: Immigratsiya xodimlari arizachining yashash joyiga borib, haqiqatda u yerda istiqomat qilayotganini tekshirish huquqini qo‘lga kiritdi.

Mutaxassislarning fikricha, ushbu choralar arizalarni ko‘rib chiqish muddatini uzaytirishi mumkin, biroq AQSh rasmiylari bu chora milliy xavfsizlikni ta’minlash uchun zarur ekanligini ta’kidlamoqda.