Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

AQSh Green Card lotereyasida ishtirok etish tartibini qat’iylashtirdi

AQSh Davlat departamenti Green Card lotereyasida qatnashish shartlarini o‘zgartirdi. Endilikda ro‘yxatdan o‘tish uchun xorijga chiqish pasporti va kichik ro‘yxatga olish to‘lovi majburiy bo‘ladi.

AQSh Davlat departamenti Diversity Visa dasturida ishtirok etish bo‘yicha yangi qoidalarni e’lon qildi. Firibgarlik holatlarining oldini olish va tizimni shaffoflashtirish maqsadida murojaat etuvchilar uchun talablar sezilarli darajada qat’iylashtirildi.

Ishtirokchilar uchun asosiy o‘zgarishlar:

  • Pasport majburiy: 10-apreldan boshlab lotereyada ro‘yxatdan o‘tish uchun amal qilish muddati o‘tmagan xorijga chiqish pasporti talab qilinadi. Ariza to‘ldirish jarayonida pasport ma’lumotlarini kiritish va fotosurat tushirilgan sahifaning skaner qilingan nusxasini yuklash kerak bo‘ladi. Ushbu hujjatlarsiz ariza qabul qilinmaydi.

  • Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovi: Ishtirok etish uchun ramziy qiymatdagi $1 miqdorida yig‘im joriy etilmoqda. AQSh rasmiylari bu chora avtomatlashtirilgan botlar va soxta arizalar sonini kamaytirishga xizmat qilishini ta’kidlamoqda.

  • Firibgarlikka qarshi kurash: Oxirgi DV-2025 dasturida qariyb 2,5 millionga yaqin shubhali yoki dublikat arizalar aniqlangan. Yangi qoidalar begonalar nomidan soxta arizalar topshirib, keyinchalik pul talab qiladigan firibgarlarning ishini qiyinlashtiradi.

Har yili butun dunyo bo‘ylab 10 millionga yaqin odam Green Card lotereyasida ishtirok etishga intiladi, biroq dastur doirasida atigi 55 mingta immigratsion viza ajratiladi. Yangi tartib haqiqiy da’vogarlarning manfaatlarini himoya qilish va ja