Toshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyatUy-joy egalariga ko‘chmas mulkning yangi bahosi bo‘yicha xabarnomalar kelmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev Toshkentdagi yangi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurdiSiyosatO‘zbekiston iyulda 1 tonna oltin sotdi, lekin dunyoda top-3 xaridorligicha qolmoqdaIqtisodiyot

AQSH Eron bilan urushdan yadroviy kelishuvsiz chiqishga majbur bo‘lishi mumkin

AQSH Eron bilan urushdan yadroviy kelishuvsiz chiqishga majbur bo‘lishi mumkin

Donald Tramp Tehron bilan mojaroga chek qo‘yish uchun yadroviy kelishuvsiz bitim tuzishga majbur bo‘lmoqda. Kongressga saylovlar yaqinlashayotgani sababli Vashington Eron qo‘yayotgan shartlarga rozi bo‘lishi mumkin.

The Wall Street Journal manbalariga tayanib xabar berishicha, Vashington va Isroilning 28-fevralda boshlangan qo‘shma harbiy amaliyotidan so‘ng vaziyat uzil-kesil boshi berk ko‘chaga kirib qolgan.

So‘nggi kunlarda Eron hududiga ommaviy zarbalarning to‘xtatilgani Oq uyning Tehron bilan kelishish niyatida ekanini bilvosita tasdiqlaydi. Vashington uchun vaziyat Kongressga bo‘ladigan oraliq saylovlar sababli murakkablashmoqda: urush sababli benzin narxining oshishi va mamlakat ichidagi noroziliklar sababli respublikachilar mag‘lubiyatga uchrashi mumkin.

Shu sababli Tramp ma administratsiyasi sentyabr boshigacha yoqilg‘i narxini galoniga 3 dollargacha tushirishni rejalashtirgan, bu esa urush to‘xtamasdan imkonsizdir. CNN ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi general Den Keyn ham quruqlikdagi operatsiya muvaffaqiyatsizlikka uchrashi va favqulodda aviatsiyadan foydalanish samara bermasligini aytib, urushni tezroq yakunlashga chaqirmoqda.

Fursatdan foydalangan Tehron o‘z shartlarini qat’iylashtirmoqda. WSJ ta’kidlashicha, Eron harbiylarni mintaqadan olib chiqish, dengiz blokadasini bekor qilish, muzlatilgan aktivlarni qaytarish, sanksiyalarni bekor qilish va ko‘p milliardlik kompensatsiya to‘lashni talab qilmoqda. O‘z navbatida, Tramp Eronning uchta yadroviy ob’yekti yo‘q qilingani va mamlakat atom dasturini tez orada tiklay olmasligini rokach qilib, yadroviy masalani kun tartibidan olib tashlashga tayyor.

Oq uy uchun asosiy «g‘alaba» sifatida Ormuz bo‘g‘ozida kemalar qatnovining qayta tiklanishi ko‘rsatilishi kutilmoqda. Foreign Policy nashrining yozishicha, AQSH ushbu urushda ham Vyetnam, Iroq va Afg‘onistondagi kabi strategik xatolarga yo‘l qo‘ydi.