So‘nggi:
Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi migrantlar uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tish tartibini o‘zgartirmoqdaDunyoO‘zbekistonda kichik biznesni tekshirishga uch yillik moratoriy e’lon qilinadiIqtisodiyotToshkentdagi «Yangiobod» bozori ta’mirlanadiJamiyatTurizm sohasiga yangi imtiyozlar beriladiIqtisodiyotKrishtianu Ronaldu va Karim Benzema 17 yildan so‘ng Toshkentga kelishi kutilmoqdaSportToshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi oldida rolik uchgan yoshlar qamaldi va jarimaga tortildiJamiyatO‘zbekistonda saytlar orqali kartadan kartaga pul o‘tkazish taqiqlanadiIqtisodiyotBiznes uchun elektr va gazga oldindan to‘lov 100 foizdan 15 foizga tushiriladiIqtisodiyotToshkent hokimi Shavkat Umurzoqov xodimlarni ishdan o‘z vaqtida ketishga chaqirdiJamiyatO‘zbekistonda chiptasiz yurganlik uchun jarimalar oshirilishi kutilmoqdaJamiyat

Angrenda unashtirilgan yigit va qiz avtomobil ichida is gazidan zaharlanib vafot etdi

Angrenda unashtirilgan yigit va qiz avtomobil ichida is gazidan zaharlanib vafot etdi

Angren shahrida to‘yiga tayyorgarlik ko‘rayotgan 31 yoshli yigit va 26 yoshli qiz garaj ichida turgan Gentra avtomobilida is gazidan zaharlanib vafot etdi. Angren shahar prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 16-iyul kuni soat 23:53 da Angren shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasining navbatchilik qismiga shoshilinch murojaat qilgan. Ayol o‘z murojaatida 26 yoshli singlisi hamda uning 31 yoshli bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Gentra rusumli avtomashinada uyidan noma’lum tomonga chiqib ketgani va shundan so‘ng aloqaga chiqmay, qaytib kelmaganini bildirib, ularni topishda amaliy yordam so‘ragan.

Arizaga asosan huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan zudlik bilan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, yo‘qolgan yigit va qizning murdalari yopiq гараж ichida to‘xtatib qo‘yilgan Gentra avtomobili salonidan topilgan. Ularda is gazidan og‘ir zaharlanish belgilari mavjud bo‘lgan. Tayinlangan sud-tibbiylik ekspertizasining dastlabki xulosalariga ko‘ra, fuqarolarning o‘limiga is gazidan otkir zaharlanish, buning oqibatida yuzaga kelgan bosh miya va o‘pka shishi hamda o‘tkir yurak-qon tomir yetishmovchiligi sabab bo‘lgan.

Marhum yigit yashagan mahalla fuqarolar yig‘ini raisining ta’kidlashicha, yigit va uning oilasi hududda namuna ko‘rsatgulik, ziyoli insonlar sifatida tanilgan. Ota-onasi o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi. Qo‘shnilar va mahalla ahli xonadonda ilgari hech qanday kelishmovchilik yoki mojarolar kuzatilmganini, oila to‘liq to‘y harakatida bo‘lganini bildirishgan.

Hozirda mazkur fojiali holat yuzasidan Angren shahar prokuraturasi tomonidan tegishli tartibda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.