Toshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyatUy-joy egalariga ko‘chmas mulkning yangi bahosi bo‘yicha xabarnomalar kelmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev Toshkentdagi yangi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurdiSiyosatO‘zbekiston iyulda 1 tonna oltin sotdi, lekin dunyoda top-3 xaridorligicha qolmoqdaIqtisodiyot

Andijondagi “G‘amxo‘rlik” markazida bolalarga nisbatan zo‘ravonlik fosh etildi: 7 nafar xodim ishdan olindi

Andijondagi “G‘amxo‘rlik” markazida bolalarga nisbatan zo‘ravonlik fosh etildi: 7 nafar xodim ishdan olindi

Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “G‘amxo‘rlik” markazida bolalarga jismoniy zo‘ravonlik ishlatgani aniqlangan 6 tarbiyachi va 1 hamshira bo‘shatildi. Bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida joylashgan Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun “G‘amxo‘rlik” markazida tarbiyalanuvchilarga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik qo‘llanilgani aniqlandi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lum qildi.

Tekshiruv natijalari va ko‘rilgan choralar

Ijtimoiy tarmoqlarda bolalarga nisbatan shafqatsiz munosabat aks etgan videolar tarqalgach, Ijtimoiy himoya milliy agentligining Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan zudlik bilan tezkor o‘rganish ishlari olib borildi.

 Video lavhalarda aks etgan 6 nafar tarbiyachi va 1 nafar hamshira egallab turgan lavozimidan ozod etildi hamda ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi.

Tarbiyachilar faoliyatini yetarlicha nazorat qilmagan muassasa mas’ullariga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.

Tuman tibbiyot birlashmasi mutaxassislari jalb qilingan holda markazning barcha tarbiyalanuvchilari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shuningdek, o‘yin maydonchalariga qo‘shimcha kuzatuv kameralari o‘rnatildi.

O‘zbekistonda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik va beparvolik holatlari haqida xabar berish uchun 1246 qisqa raqamli ishonch telefoni faoliyat yuritmoqda.