So‘nggi:
Markaziy bank murojaatlar bo‘yicha eng salbiy ko‘rsatkichga ega 10 ta bankni e’lon qildiJamiyatToshkentda shahar telefoni bahonasida aldangan nafaqaxo‘r ayol 370 mln so‘mini firibgarlarga topshirib qo‘yishiga bir bahoya qoldiJamiyatO‘zbekistonliklar AQSh qishloq xo‘jaligiga H-2A vizasi bo‘yicha mavsumiy ishga jalb etiladiJamiyatUrganchda BYD Chazor haydovchisi janjal sabab bir nechta mashinani qasddan urib pachoqladiJamiyatToshkent kelin kuyovdan katta bo‘lgan nikohlar soni bo‘yicha yetakchi bo‘ldiJamiyat2028-yildan O‘zbekistonda ro‘yxatga olinmagan hayvonlarni saqlash va ko‘paytirish taqiqlanadiJamiyatMahallalar uyushmasi Shahrisabzdagi holatga munosabat bildirdiJamiyatToshkentda intim fotosuratlarni tarqatish bilan tahdid qilgan 31 yoshli tovlamachi ushlandiJamiyatYo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishga oid qonun Senatga yuborildiSiyosatPentagon qurol sinovlari bo‘yicha 25 yillik ochiq hisobotlarni yashirdiDunyo

Andijonda mushuk bolasini devordan oshirib otgan yoshlarga 4,12 mln somdan jarima solindi

Andijonda mushuk bolasini devordan oshirib otgan yoshlarga 4,12 mln somdan jarima solindi

Andijonda Instagram’da obunachi yig‘ish maqsadida mushuk bolasini qurilish maydonchasiga otib yuborgan va uni videoga olgan ikki yigit hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lgani uchun jarimaga tortildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda yosh yigitning kichik mushuk bolasini baland devor ortidagi qurilish maydonchasiga otib yuborgani aks etgan video keng muhokamalarga va jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘ldi. Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati hodisa yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 27-iyul kuni Andijon shahridagi savdo-ko‘ngilochar majmualaridan birining yaqinida 18 yoshli yigit mushuk bolasini ko‘rib qolgan. U ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida obunachilar sonini ko‘paytirish va trendga chiqish maqsadida hayvonni baland devor oshirib qurilish hududiga otib yuborgan. Ushbu jarayonni uning 20 yoshli tanishi telefon kamerasiga tasvirga olgan va so‘ngra video yigitning Instagram’dagi sahifasiga joylashtirilgan.

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan ushbu tasvirlardan so‘ng huquqbuzarlarning shaxsiga aniqlik kiritildi hamda ular bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi.

«Men mushuk bolasini olib, otib yubordim va kameraga qarab, mushukning 40 ta emas, 39 ta joni qoldi deb hazillashdim. Bundan buyon hayvonlarga hech qachon bunday munosabatda bo‘lmayman. Meni kechiringlar», — deydi qilmishidan afsusda ekanini bildirgan huquqbuzar yigit.

Holat yuzasidan har ikki fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 111-moddasi (hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lish) bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Huquqbuzarlarning har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari, ya’ni 4,12 million so‘mdan jarima jazosi tayinlandi.