Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Anapa qirg‘oqlarida yuz bergan neft sizishi oqibatida yuzlab dengiz qushlari nobud bo‘lmoqda

Anapa qirg‘oqlarida yuz bergan neft sizishi oqibatida yuzlab dengiz qushlari nobud bo‘lmoqda

Qora dengizning Anapa qirg‘oqlari yaqinida neft mahsulotlarining keng ko‘lamli sizib chiqishi oqibatida mudhish ekologik holat yuzaga keldi. Dengiz yuzasini qoplagan zaharli qatlamni tozalash uchun 1100 nafardan ortiq xodim va yuzlab texnikalar safarbar etilgan.

Fojia ko‘lami shunchalik kengki, hozirgacha 500 ga yaqin neftga botgan dengiz qushlari reabilitatsiya markazlariga yetkazilgan, biroq ularning omon qolish ehtimoli juda past baholanmoqda.

Voqea sabablari bo‘yicha turlicha taxminlar ilgari surilmoqda. Rossiya rasmiylari neft tankeriga dronlar hujum qilganini da’vo qilayotgan bo‘lsa, mustaqil ekologlar sun’iy yo‘ldosh tasvirlariga tayanib, ifloslanish Rossiya bayrog‘i ostidagi «Sofia» kemasidagi nosozlik tufayli kelib chiqqanini aytmoqda. Greenpeace ma’lumotlariga ko‘ra, neft qatlamlari dengiz oqimi bilan bir necha yuz kvadrat metr maydonga tarqalib ulgurgan.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish