So‘nggi:
Toshkent markazida BYD svetoforning qizil chirog‘iga chiqib avtobus bilan to‘qnashdiJamiyatSanepidqo‘m Ebola virusining O‘zbekistonga kirib kelish xavfini baholadiJamiyatJazirama issiqda uydagi haroratni konditsionersiz tushirish chorasi ma’lum bo‘ldiJamiyatToshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqdaJamiyatAndijonda Soliq Mobile ilovasi orqali 35,1 milliard so‘mlik keshbek mablag‘lari o‘marildiJamiyatShavkat Mirziyoyev kimyo sanoati korxonalari faoliyatini tanqid qildiJamiyatToshkent viloyatida qizga tegajog‘lik qilgan Mudofaa vazirligi xodimi 5 sutkaga qamaldiJamiyatO‘zbekistonda mansabdorlikka nomzodlar sun’iy intellekt orqali tekshiriladiSiyosatGretsiyaning Siros orolidagi SyrosCats boshpanasi 2027-yil uchun volontyorlar qidirmoqdaDunyoEbola virusi Afrika chegaralaridan chiqdiDunyo

Afg‘onistonda davomli sel va suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 100 nafarga yaqinlashdi

Afg‘onistonda davomli sel va suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 100 nafarga yaqinlashdi

Afg‘onistonda bir necha haftalik suv toshqinlari oqibatida 99 kishi halok bo‘ldi. 3600 dan ortiq uy vayron bo‘lib, ekin maydonlari suv ostida qoldi.

Amu TV xabariga ko‘ra, tabiiy ofat qurbonlari soni 99 kishiga yetgan, yana 150 dan ortiq fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Toshqinlar mamlakatning deyarli barcha hududlarini, jumladan Kobul, Qandahor va Hirot kabi yirik shaharlarni ham chetlab o‘tmadi.

Tabiiy ofat keltirgan zarar ko‘lami:

  • Turar joylar: 3600 dan ortiq xonadon butunlay vayron bo‘lgan yoki jiddiy shikastlangan, minglab odamlar boshpanasiz qolgan.

  • Qishloq xo‘jaligi: 2300 gektardan ziyod ekin maydonlarini suv yuvib ketgan, bu esa oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid solmoqda.

  • Infratuzilma: 330 kilometrdan ortiq avtomobil yo‘llari yaroqsiz holga kelgan, bu esa qutqaruv ishlari va insonparvarlik yordami yetkazishni qiyinlashtirmoqda.

Mahalliy aholi oziq-ovqat va toza ichimlik suvi tanqisligidan shikoyat qilmoqda. Nangarhor viloyati kabi eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlarda odamlar bor-budidan ayrilganini, biroq yordam yetib kelmayotganini ta’kidlamoqda. Vaziyatni 3-aprel kuni sodir bo‘lgan va Afg‘onistonning bir qancha hududlarida (shuningdek, O‘zbekistonda ham sezilgan) qayd etilgan zilzila yanada murakkablashtirgan — yer silkinishi oqibatida 9 kishi hayotdan ko‘z yumgan edi.

Hozirda hududlarda tiklash ishlari olib borilayotgani aytilmoqda, biroq talofatlar ko‘lami kengligi sababli xalqaro yordamga ehtiyoj ortib bormoqda.