So‘nggi:
Olti oyda 18 nafar IIV xodimi xizmat vazifasini bajarish chog‘ida vafot etdiJamiyatQashqadaryoda tulki bolasi tirnagan erkak vafot etdiJamiyatO‘zbekistonda pensiyalar miqdori oshishi mumkin: to‘lovlar yangicha hisoblanadiIqtisodiyotXususiy ta’lim maskanlarida ovozli kameralar o‘rnatish majburiy bo‘ldiJamiyatToshkent viloyatida bog‘cha bolalari ommaviy zaharlangani yuzasidan 11 kishiga hukm o‘qildiJamiyatO‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha yangi rekord qayd etildiJamiyatSurxondaryoda jazirama sabab og‘ir yuk mashinalari harakati vaqtincha cheklandiJamiyatOld oynalar tonirovkasini arzonlashtirish rejalashtirilmayapti — YHXXJamiyatIV “Ravshan Zolotoy”ga nisbatan xalqaro qidiruv bekor qilinganining sababini ma’lum qildiJamiyatO‘zbekistonda “dekret” va “bolnichniy” pullarini to‘lashning yangi tartibi joriy etildiJamiyat

Abduqodir Husanov tezlik borasida Mbappeni ortda qoldirdi

Abduqodir Husanov tezlik borasida Mbappeni ortda qoldirdi

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov jahon chempionatining 1-turidan so‘ng 36,5 km/soat tezlik qayd etib, eng tezkor o‘yinchilar kuchli uchligiga kirdi.

FIFAning jismoniy treking ma’lumotlariga tayanib BBC Sport xabar berishicha, dastlabki tur uchrashuvlaridan so‘ng Husanov maydonda soatiga 36,5 km tezlikka erishgan.

Ushbu ko‘rsatkich bilan hamyurtimiz dunyoning eng qimmatbaho hujumchilaridan biri — Norvegiya terma jamoasi a’zosi Erling Holand bilan bir xil natija qayd etib, JCh-2026 ning eng tezkor o‘yinchilari ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Birinchi o‘rinni esa Avstraliya terma jamoasi internet o‘yinchisi Jordan Bos (36,7 km/soat) band etdi. Quvonarlisi, hamyurtimiz tezlik borasida Kilian Mbappe (35,1 km/soat) va Son Xin Min (35,2 km/soat) kabi dunyo yulduzlarini ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi K guruhi 1-turida Kolumbiyaga 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergan edi (yagona golimizga Abbosbek Fayzullayev mualliflik qildi). Ertaga, 23-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 davakillarimiz guruhdagi ikkinchi o‘yinni Portugaliyaga qarshi o‘tkazishadi. Portugaliyaliklar safida start guruhining eng tezkor o‘yinchilaridan biri Pedru Netu (34,8 km/soat) ham harakat qiladi.