Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

2028-yildan O‘zbekistonda ro‘yxatga olinmagan hayvonlarni saqlash va ko‘paytirish taqiqlanadi

2028-yildan O‘zbekistonda ro‘yxatga olinmagan hayvonlarni saqlash va ko‘paytirish taqiqlanadi

O‘zbekistonda «Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish to‘g‘risida»gi qonun kuchga kirdi. 2028-yil 1-yanvardan ro‘yxatdan o‘tmagan uy va qishloq xo‘jaligi hayvonlarini saqlash hamda ko‘paytirish to‘liq taqiqlanadi.

O‘zbekistonda 7-avgustdan e’tiboran «Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish to‘g‘risida»gi qonun rasman kuchga kirdi. Hujjatdagi eng muhim va qat’iy talablardan biri — 2028-yil 1-yanvardan e’tiboran ro‘yxatdan o‘tkazilmagan hamda identifikatsiya qilinmagan hayvonlarni saqlash va ko‘paytirish (nasl olish) to‘liq taqiqlanishidir. Bu qoida qishloq xo‘jaligi chorvalari bilan birga barcha uy hayvonlariga (it, mushuk) ham birdek tegishli.

Qonun talablariga muvofiq, hayvon egasining murojaatidan so‘ng vakolatli organ vakili 5 ish kuni ichida joyiga yetib kelib, hayvonni identifikatsiya qilishi va ro‘yxatdan o‘tkazishi shart.

Eslatib o‘tamiz, hayvonlarni ro‘yxatga olishning quyidagi muddatlari belgilangan:

  • Yirik va mayda shoxli mol, tuyalar: tug‘ilgach 14 kundan so‘ng (1 oydan kechiktirmasdan);

  • It va mushuklar: 3 oylik bo‘lganidan keyin;
  • Otlar: 4 oylikdan so‘ng;
  • Chet eldan olib kelingan hayvonlar: olib kirilgach 21 kundan kechiktirmasdan.

Barcha ma’lumotlar — vizual birkalar, mikrochiplar va maxsus kodlar vositasida Vetqo‘m huzuridagi yagona elektron bazaga kiritiladi. Belgilangan tartibni buzganlik hamda hayvonlarni o‘z vaqtida ro‘yxatga olmaganlik uchun tegishli ma’muriy javobgarlik choralari ko‘zda tutilgan.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish