Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

2026/2027 o‘quv yilidan talabalarni o‘qishdan haydash amaliyoti bekor qilinadi

2026/2027 o‘quv yilidan talabalarni o‘qishdan haydash amaliyoti bekor qilinadi

Hukumat qarori loyihasi bilan otmlarda imtihonlarni kameralar orqali onlayn uzatish joriy etiladi, 100 ballik baholash tizimi o‘zgartiriladi va akademik qarzdor talabalar o‘qishdan chetlashtirilmaydigan bo‘ladi.

Yangi tartibga ko‘ra, yakuniy nazorat imtihonlari ovozli va kamerali kameralar bilan jihozlangan auditoriyalarda o‘tkaziladi hamda keng jamoatchilik uchun otm rasmiy sayti orqali onlayn translatsiya qilinadi. Imtihonlarga shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID-karta, talabalik yoki haydovchilik guvohnomasi) bilan kiritiladi. Kechikkan yoki sababsiz auditoriyadan chiqqan talabalar qayta qo‘yilmaydi. Shuningdek, telefon, mikroquloqchin va shpargalka olib kirish qat’iyan taqiqlanadi — bu kabi holatlar keyinchalik videoyozuv orqali aniqlansa ham imtihon natijasi bekor qilinadi.

Bilimni baholash 100 ballik tizimda amalga oshiriladi: 30 ball — joriy, 20 ball — oraliq hamda 50 ball — yakuniy nazorat uchun ajratiladi. Har bir bosqich bo‘yicha saralash bali maksimal ballning 60 foizini tashkil etadi va dastlabki bosqichlardan yetarli ball to‘play olmagan talabalar yakuniy imtihonga kiritilmaydi. Yakuniy nazoratlar bir guruh uchun kuniga bittadan ortiq o‘tkazilmaydi va ular orasida kamida bir kunlik tanaffus belgilanadi. Yozma topshiriqlarni baholashda professor-o‘qituvchilar tomonidan izoh yozish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Muhim yangiliklardan biri shundaki, semestr va o‘quv yili yakunida akademik qarzdorligi bor talabalar talabalar safidan chiqarilmaydi. Ular qarzdor bo‘lgan fani uchun kontrakt to‘lovini to‘lab, fanni qayta o‘zlashtirish imkoniga ega bo‘ladi. Imtihondan qoniqarsiz olganlarga semestr yakunida 2 hafta ichida bir marta bepul qayta topshirish huquqi beriladi, shuningdek, to‘lov-kontrakt asosida yozgi semestrlar tashkil etilishi mumkin. Natijadan norozi bo‘lgan talabalar 48 soat ichida apellyatsiya berishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish