O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

O‘zbekistonda yillik inflyatsiya so‘nggi to‘qqiz yildagi eng past darajaga tushdi

O‘zbekistonda yillik inflyatsiya 7,1 foizgacha pasayib, 2017-yildan buyon eng past darajani yangiladi. Xizmatlar sohasi narxlari o‘sishi keskin sekinlashgan.

O‘zbekiston iqtisodiyotida narxlar o‘sishi sur’ati sekinlashishda davom etmoqda. Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, mart oyida iste’mol narxlari indeksi 0,6 foizga oshdi. Bu fevral oyidagi ko‘rsatkich bilan bir xil bo‘lsa-da, 2025-yilning mos davriga nisbatan 0,3 foizga pastdir. Yillik hisobda esa inflyatsiya 7,1 foizni tashkil etib, 2017-yildan buyon eng past ko‘rsatkich sifatida qayd etildi. Solishtirish uchun, o‘tgan yilning shu davrida yillik inflyatsiya 10,3 foizga teng edi.

Tarmoqlar kesimidagi holat turlicha:

  • Oziq-ovqat mahsulotlari: Mart oyida narxlar o‘sishi tezlashdi — 1,2% (fevralda 0,9% edi). Yillik hisobda mahsulotlar 5,6 foizga qimmatlashgan.

  • Nooziq-ovqat tovarlari: Oylik o‘sish 0,3 foizni, yillik o‘sish esa 5,3 foizni tashkil etdi.

  • Xizmatlar sohasi: Pullik xizmatlar narxi oy davomida bor-yo‘g‘i 0,2 foizga oshgan. Yillik o‘sish 12,7 foiz bo‘lib, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan (27%) ikki baravar kamdir.

Hududiy nuqtayi nazardan, mart oyida eng yuqori oylik inflyatsiya Toshkent shahri va Surxondaryo viloyatida (0,7%) kuzatildi. Yillik hisobda eng qimmat hudud Farg‘ona viloyati (7,5%), eng «arzon» hudud esa Jizzax viloyati (6,4%) bo‘lib qolmoqda. Poytaxtda narxlar yil boshidan buyon 2 foizga, oxirgi 12 oyda esa 6,9 foizga oshgan. Mutaxassislar meva-sabzavot mahsulotlarini hisobga olmagandagi bazaviy inflyatsiya ham pasayishda davom etayotganini (yillik 7,8%) ijobiy signal sifatida baholamoqda.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish