So‘nggi:
O‘zbekistonda Centrum Air va Qanot Sharq faoliyati bo‘yicha tekshiruv boshlandiJamiyatO‘zbekistonning Jahon chempionatidagi raqibi JCH oldidan 21 kunlik karantinga olinadiSportToshkentda oquvchi bilan urushgan informatika oqituvchisi ustidan ochilgan jinoiy ish yopildiJamiyatO‘zbekiston bozorlarida salomatlik uchun xavfli bo‘lgan oshxona idishlari aniqlandiJamiyatO‘zbekistonda joriy yilda maktabni bitirgan o‘quvchilar soni ochiqlandiJamiyatHormuz bo‘g‘ozining yopilishi global iqtisodiy inqirozga sabab bo‘lishi mumkinDunyoO‘zbekistonda may oyi oxirida havo harorati ko‘tarilishi kutilmoqdaJamiyatQurbon hayiti munosabati bilan oylik maoshlar 27 mayga qadar to‘lanishi shartJamiyatPrezident maktab bitiruvchilariga tabrik yo‘lladiJamiyat«Mening uyim» tizimida naqd pul yig‘ish va badallarni qo‘lda kiritish taqiqlandiJamiyat

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi ikki oyda 11 mlrd dollardan oshdi

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi ikki oyda 11 mlrd dollardan oshdi

2026-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 11,6 mlrd dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,1 foizga o‘sdi. Eksport hajmi qisqargan bir paytda, import sezilarli darajada oshgan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshida savdo aylanmasining umumiy o‘sishi fonida eksport va import dinamikasi turlicha ko‘rinish oldi. Respublikaga olib kirilgan mahsulotlar (import) hajmi 8 mlrd dollarni tashkil etdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 29,8 foizga ko‘pdir. Import tarkibida asosiy ulushni mashinalar va transport uskunalari (36,1%), shuningdek, sanoat tovarlari va kimyoviy mahsulotlar egalladi.

Eksport ko‘rsatkichlari esa yanvar-fevral oylarida 3,5 mlrd dollarni tashkil etib, o‘tgan yilgi qiymatlarga nisbatan 23,4 foizga qisqardi. Chetga sotilgan tovarlar tarkibida sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari, tirik hayvonlar hamda kimyoviy vositalar ustunlik qilmoqda. Savdo ko‘rsatkichlari bilan bir qatorda xizmatlar bozori ham o‘sish ko‘rsatdi: xizmatlar hajmi 168,2 trln so‘mga yetib, 15,4 foizlik ijobiy dinamikani namoyish etdi.

Mart oyi holatiga ko‘ra, respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 486 mingtadan oshdi. Biznes subyektlarining eng ko‘p qismi Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyatlarida jamlangan bo‘lib, savdo va sanoat sohalari yetakchilik qilmoqda.