Kaliforniya federal sudi Donald Tramp tomonidan to‘xtatilgan Green Card (DV-2027) lotereyasini tiklash haqida qaror chiqardi. Ariza qabul qilish 1-noyabrgacha boshlanadi.
Sud qarori va yangilangan muddatlar
Kaliforniya Janubiy okrugi federal sudi AQSh Davlat departamentiga 2025-yil oxirida prezident Donald Tramp qarori bilan to‘xtatilgan Green Card виза lotereyasini qayta tiklash majburiyatini yukladi. Sud Red Eagle Law yuridik firmasi tomonidan AQSh davlat kotibi Marko Rubioга qarshi kiritilgan da’voni qanoatlantirdi.
Tomonlarning birgalikdagi iltimosiga ko‘ra, tanlovni o‘tkazish muddatlari quyidagicha belgilandi:
-
Ro‘yxatdan o‘tishning boshlanishi: 1-noyabrdan kechikmagan holda;
-
Arizalarni qabul qilish muddati: 30 kun;
-
G‘oliblarni e’lon qilish: 3-dekabrga qadar.
Oq uy ushbu qaror ustidan shikoyat qilish huquqiga ega, biroq hozircha apellyatsiya berilmagan.
Dasturning to‘xtatilish sababi va yangi tartib
Lotereya o‘tgan yilning dekabr oyida Braun universitetida sodir bo‘lgan otishma ortidan to‘xtatilgan edi. Ushbu fojia oqibatida ikki kishi, jumladan, o‘zbekistonlik talaba Muhammadaziz Umurzaqov halok bo‘lgan. Qurolli hujum sodir etgan Portugaliya fuqarosi AQShga 2017-yilda aynan Green Card lotereyasi orqali kelgani aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yil sentabr oyidan e’tiboran lotereyada ishtirok etish uchun 1 dollar miqdorida to‘lov joriy etilgan (to‘lov uchun xorijiy bank kartasi talab qilinadi).
O‘zbekiston ushbu dasturda g‘oliblar soni bo‘yicha dunyoda yetakchilardan biri hisoblanadi: 2025-yil may oyidagi natijalarga ko‘ra, 5564 nafar o‘zbekistonlik g‘olib deb topilib, mamlakat dunyoda 1-o‘rinni egallagan edi.




Izohlar
Hozircha izohlar yo‘q