O‘zbekistonda sovrin jamg‘armasi 620 million so‘mni tashkil etuvchi V «Zakovat-Gambit» shaxmat turniriga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. Ishtirokchilar 15-oktyabrgacha ariza topshirishlari mumkin.
Musobaqa shartlari va bosqichlari
O‘zbekistonda an’anaviy V «Zakovat-Gambit» shaxmat turniriga start berilmoqda. Umumiy sovrin jamg‘armasi 620 million so‘mni tashkil etuvchi ushbu musobaqada mamlakatning barcha yoshdagi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.
Turnir to‘rtta asosiy bosqichda tashkil etiladi:
-
Hududiy saralash: 19–22-oktyabr;
-
Onlayn saralash: 24-oktyabr;
-
Yarim final: 28-oktyabr;
-
Final: 29–30-oktyabr.
Hududiy saralash bosqichidan o‘ta olmagan yoki unda qatnashish imkoniyati bo‘lmagan shaxmatchilarga onlayn saralash orqali yarim finalga chiqish uchun qo‘shimcha imkoniyat taqdim etiladi.
Ro‘yxatdan o‘tish tartibi
Musobaqada qatnashish istagida bo‘lgan nomzodlar 15-oktyabr soat 23:59 ga qadar gambit.zakovatklubi.uz rasmiy sayti orqali o‘z shaxmat reytingiga mos guruhni tanlab, ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.




https://www.chess.com/member/cssuxrob