O‘zbekistonlik talabalar Google AI Plus obunasini bir yil davomida bepul qo‘lga kiritishlari mumkinJamiyatDam olish kunlari O‘zbekistonda yomg‘ir yog‘ib, harorat pasayishi kutilmoqdaJamiyatToshkentning ikki tumanida ta’mirlash sababli gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladiJamiyatSanjar Karimovga tayinlangan 5 yillik qamoq jazosi o‘zgarishsiz qoldirildiJamiyatO‘zbekiston Uzbek Seeds brendi ostida MDH bozoriga urug‘lik yetkazib berishni kengaytiradiJamiyatO‘zgidromet 9 ta viloyatda kuchli yomg‘ir va sel kelishi xavfidan ogohlantirdiJamiyat«Yandex» ma’lumotlar markazidagi yong‘in O‘zbekistonda Yandex servislarini ishdan chiqardiJamiyatToshkent metropoliteni xodimlari Qozog‘iston fuqarosiga yo‘qolgan 10 ming dollarini qaytarib berishdiJamiyatTailandda mamlakatdan chiqib ketayotgan aviayo‘lovchilar uchun yig‘im joriy etish taklif qilindiDunyoToshkentda shaxsni aniqlaydigan SI-dronlari ishga tushirildiJamiyat

Toshkentning ikki tumanida ta’mirlash sababli gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

Toshkentning ikki tumanida ta’mirlash sababli gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

Rejalashtirilgan ta’mirlash va gaz quvurlarini ko‘chirish ishlari sababli Toshkentning ikki tumanida soat 10:00 dan 18:00 gacha gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi.

Ta’mirlash ishlari va gaz quvurlarini ko‘chirish

Bektemir tumanida «Oltintopgan» MFY Zargar ko‘chasida joylashgan 14-11/77-sonli gaz taqsimlash punktini hamda mm bo‘lgan o‘rtacha bosimli gaz quvurini xavfsiz joyga ko‘chirish ishlari olib borilmoqda. Yashnobod tumanida esa tuman hokimligi topshirig‘iga asosan 7-sonli qozonxonaga olib boruvchi mm hajmdagi o‘rtacha bosimli gaz quvurini demontaj qilish rejalashtirilgan.

O‘chirish manzillari va muddatlari

Bektemir tumanida Zargar, Oltintopgan, Sadovaya, Tinistaya, Ozyornaya, Vishnyovaya va Solnechnaya ko‘chalaridagi 340 ta xonadon hamda 8 ta ulgurji iste’molchi gazsiz qoladi.

Yashnobod tumanida esa cheklovlar quyidagi manzillarni qamrab oladi:

  • «Birlashgan» MFY: hovli uylar hamda 4 ta ko‘p qavatli uy;

  • Aviasozlar massivi: 1, 2 va 4-mavzelardagi 120 ta ko‘p qavatli uy;

  • «Umid» MFY: 460 ta xususiy xonadon;

  • «Mahmur» MFY: ko‘p qavatli uylardagi 30 ta xonadon;

  • Tadbirkorlik subyektlari: 42 ta ulgurji iste’molchi.

Gaz ta’minoti soat 10:00 dan 18:00 gacha to‘xtatiladi. Ta’mirlash va montaj ishlari yakunlangach, tabiiy gaz xavfsizlik talablariga rioya qilingan holda bosqichma-bosqich qayta tiklanadi.