O‘zbekiston dunyoning eng qudratli mamlakatlari reytingida 71-o‘rinni egalladiJamiyatO‘zbekistonlik talabalar Google AI Plus obunasini bir yil davomida bepul qo‘lga kiritishlari mumkinJamiyatDam olish kunlari O‘zbekistonda yomg‘ir yog‘ib, harorat pasayishi kutilmoqdaJamiyatToshkentning ikki tumanida ta’mirlash sababli gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladiJamiyatSanjar Karimovga tayinlangan 5 yillik qamoq jazosi o‘zgarishsiz qoldirildiJamiyatO‘zbekiston Uzbek Seeds brendi ostida MDH bozoriga urug‘lik yetkazib berishni kengaytiradiJamiyatO‘zgidromet 9 ta viloyatda kuchli yomg‘ir va sel kelishi xavfidan ogohlantirdiJamiyat«Yandex» ma’lumotlar markazidagi yong‘in O‘zbekistonda Yandex servislarini ishdan chiqardiJamiyatToshkent metropoliteni xodimlari Qozog‘iston fuqarosiga yo‘qolgan 10 ming dollarini qaytarib berishdiJamiyatTailandda mamlakatdan chiqib ketayotgan aviayo‘lovchilar uchun yig‘im joriy etish taklif qilindiDunyo

Sanjar Karimovga tayinlangan 5 yillik qamoq jazosi o‘zgarishsiz qoldirildi

Sanjar Karimovga tayinlangan 5 yillik qamoq jazosi o‘zgarishsiz qoldirildi

Toshkent shahar sudi tadbirkor Sanjar Karimovning (Real Sanjik) apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqdi. 5 yillik ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘zgarishsiz qoldi.

Apellyatsiya insitansiyasi qarori

8-oktyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida Real Sanjik nomi bilan tanilgan tadbirkor va bloger Sanjar Karimovga nisbatan apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud majlisi bo‘lib o‘tdi va yakuniy hukm o‘qildi.

Sud hukmiga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «a» bandi (juda ko‘p miqdorda sodir etilgan firibgarlik) bilan tayinlangan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘zgarishsiz qoldirildi. Jinoyat kodeksining 59- va 61-moddalariga asosan, tayinlangan har xil turdagi jazolarni to‘liq qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish hamda bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravari, ya’ni 136 million so‘m jarima jazosi belgilandi.

Shuningdek, Jinoyat kodeksining 61-moddasiga asosan tayinlangan jazolar alohida-alohida ijro etilishi belgilandi. Hukmning qolgan qismi o‘zgarishsiz qoldirilib, apellyatsiya shikoyatlari qisman qanoatlantirildi.

Sud ishining tafsilotlari

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumani sudi joriy yilning 8-may kuni Sanjar Karimovni firibgarlik, o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish hamda giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topib, unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish va 410 BHM miqdorida jarima jazosi tayinlagan edi.