«Yil o‘qituvchisi» tanlovi g‘oliblariga 616 million so‘mdan mukofot pullari o‘tkazib berila boshlandiJamiyatAlisher Qodirov pedofillar va bolalar qotillari uchun o‘lim jazosini qaytarishga chaqirdiSiyosatViza inqirozi sababli O‘zbekistondan Tailandga parvozlar bekor qilinmoqdaJamiyatO‘zbekistonning qator hududlarida yomg‘ir yog‘adiJamiyatO‘hangaronda tarbiyachilarning loqaydligi sababli uch yoshli bola vafot etdiJamiyatO‘zbekistonda pedofiliya uchun jazo maksimal darajada keskinlashtiriladiJamiyatNamanganda bog‘chada 5 yoshli qizaloqqa nisbatan zo‘ravonlik holati tergov qilinmoqdaJamiyatO‘zbekiston erkaklar terma jamoasi shaxmat Olimpiadasi chempioni bo‘ldiSport1-oktyabrdan Toshkentda jamoat transportida yurish tariflari o‘zgaradiJamiyatO‘zbekistonda elektr energiyasi uzoq vaqt o‘chirilgani uchun kompensatsiya to‘lanishi mumkinJamiyat

Alisher Qodirov pedofillar va bolalar qotillari uchun o‘lim jazosini qaytarishga chaqirdi

Alisher Qodirov pedofillar va bolalar qotillari uchun o‘lim jazosini qaytarishga chaqirdi

«Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov Namangandagi fojia ortidan pedofillar va bolalar qotillari uchun o‘lim jazosini qo‘llash zarurligini bildirdi.

Deputat o‘z bayonotida xalqaro ikki xil standartlarga ergashishni va jinoyatchilarga nisbatan shafqat qilishni tanqid qildi. Qodirovning ta’kidlashicha, bunday toifadagi jinoyatchilar jamiyat uchun doimiy xavf tug‘diradi va ularni uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish tarbiyalamaydi, aksincha, kelgusida yangi og‘ir jinoyatlar sodir etilishi xavfini oshiradi.

Bolalarga nisbatan tajovuz qilgan shaxslar va pedofillar qamoqda aslo tuzalmaydi, ularning tirik qolishi esa yangi jinoyatlar uchun rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi.

Qonunchilik tashabbusi va O‘zbekistonda o‘lim jazosining bekor qilinish tarixi

Partiya etakchisining ushbu chiqishi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning Namangandagi fojia ortidan bergan bayonotidan so‘ng voyaga yetmaganlarga nisbatan zo‘ravonlik uchun javobgarlikni keskinlashtirish bo‘yicha boshlangan muhokamalarning mantiqiy davomi bo‘ldi.

Avvalroq Administratsiya rahbari ham barcha mas’ullarni eng og‘ir javobgarlikka tortish hamda qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritish taklif qilinganini bildirgan edi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda o‘lim jazosi 2008-yilning 1-yanvaridan rasman bekor qilingan bo‘lib, uning o‘rniga favqulodda jazo chorasi sifatida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi joriy etilgan, biroq Namangandagi voqea fonida siyosatchilar va jamoatchilik pedofillar uchun jazo choralarini qayta ko‘rib chiqish masalasini yana kun tartibiga qo‘ymoqda.