Alisher Navoiy kutubxonasi ortida avtoturargoh va baggiga ega park zonasi barpo etiladiJamiyatWildberries Zangiota tumanida 67,3 gektar maydonda yangi omborxona majmuasini barpo etadiJamiyatToshkentda qishda muzlagan uylarni isitish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladiJamiyatMirziyoyev Putinni «Yedinaya Rossiya»ning Davlat Dumasiga saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladiSiyosatQashqadaryoda 14 yoshli o‘g‘lini 45 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan er-xotin 3 yilga qamaldiJamiyatO‘zbekiston banklarining sof foydasi bir yilda 68 foizga oshib 12 trillion so‘mdan oshdiIqtisodiyotO‘zbekistonda ish haftasi oxirigacha quruq va iliq ob-havo hukm suradiJamiyatO‘zbekistonda talabalar uchun kontrakt to‘lovini amalga oshirish muddati uzaytirildiJamiyatToshkentda bank mas’ullari fuqaroning 300 ming dollar omonatini o‘zlashtirgani aniqlandiJamiyatIsroil prezidenti yarador falastinlikni otib o‘ldirgan harbiydan sudlanganlikni olib tashladiDunyo

Toshkentda qishda muzlagan uylarni isitish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi

Toshkentda qishda muzlagan uylarni isitish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi

Qishda issiqlik yetarli bo‘lmagan ko‘p kvartirali uylarda Jahon banki ko‘magida kompleks energiya auditi o‘tkazilmoqda. Tizim uchun yangi isitish metodologiyasi ishlab chiqiladi.

Loyiha boshlanishi va obyektlarni saralab olish

Toshkent shahrida ko‘p kvartirali uylarning energiya samaradorligini oshirish va issiqlik yo‘qotishlarini kamaytirish bo‘yicha Jahon banki bilan hamkorlikdagi amaliy tadbirlarning navbatdagi bosqichiga start berildi. Iyul oyi oxirida kelishilgan ushbu tashabbus doirasida poytaxt hokimining uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O.Muminov boshchiligida manzilli o‘rganishlar o‘tkazildi. Natijada o‘tgan issiqlik mavsumida belgilangan me’yoriy harorat darajasida isitilmagan hamda aholidan e’tirozlar tushgan ko‘p qavatli uylar alohida ro‘yxatga olindi.

Kompleks energiya auditini o‘tkazish tartibi

21-sentyabrdan boshlab ushbu uylarda Jahon banki mutaxassislari jalb qilingan holda kompleks energiya auditi o‘tkazilmoqda. Audit jarayonida xalqaro ekspertlar maxsus instrumental o‘lchov uskunalaridan foydalangan holda binolarning texnik holatini, tashqi devorlar, tom, yerto‘la, eshik va derazalarning issiqlik saqlash qobiliyatini, shuningdek, ichki isitish tizimlarining samaradorligini sinchiklab o‘rganmoqda. Ushbu tadbirlar har bir uydagi issiqlik yo‘qotilishining asosiy sabablarini aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq texnik yechimlarni ishlab chiqish imkonini beradi.

O‘rganishlar yakunlari bo‘yicha Toshkent shahridagi ko‘p kvartirali uylarni samarali isitish bo‘yicha yagona metodologiya yaratilishi ko‘zda tutilgan. Hujjat binolarni energiya samaradorligi nuqtayi nazaridan baholash, modernizatsiya qilinishi lozim bo‘lgan obyektlarni aniqlash hamda tabiiy gaz va elektr energiyasidan oqilona foydalanish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlarni belgilashga xizmat qiladi. Eslatib o‘tamiz, bino va inshootlarning energiya iste’molini auditdan o‘tkazishning rasmiy tartibi Hukumat qarori bilan 2024-yilda tasdiqlangan edi.