dam olish kunlari harorat +37 darajagacha ko‘tariladi va chang-to‘zon kuzatiladiJamiyatPedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30 foiz chegirma beriladiJamiyatShohruh Nosirov Toshkent shahar Turizm boshqarmasi boshlig‘i v.v.b. etib tayinlandiJamiyatO‘zbekiston 1500 km masofaga ucha oladigan kamikadze dronini ishlab chiqdiJamiyatBMW’da YPX xodimini urib o‘ldirgan 16 yoshli Doniyor Turg‘unovga 2 yilga qamaldiJamiyatShavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga tashrifi oldidan Kallibek Kamalov xonadonida bo‘ldiJamiyatYangi xalqaro aeroport qurilishi sabab Toshkent viloyatidagi yettita qabriston ko‘chiriladiJamiyat5 yilga qamalgan bloger Sanjar Karimov sud hukmini BMT va AQSH hukumati orqali bekor qilishga urinmoqdaJamiyatToshkent viloyatida 3-oktabrdan suv va oqova xizmatlari tariflari sezilarli darajada oshiriladiJamiyatToshkent maktablarida davomat Face ID smart-kameralar orqali nazorat qilinadiJamiyat

Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30 foiz chegirma beriladi

Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30 foiz chegirma beriladi

Hukumat qarori bilan davlat OTMlarida o‘qiydigan pedagoglar farandlariga kontrakt to‘lovidan 30% chegirma beriladi. Ariza kontrakt.edu.uz orqali topshiriladi.

Chegirma ajratish tartibi

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-sentabrdagi 501-son qarori bilan davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda таҳсил олаётган pedagoglarning farzandlariga to‘lov-kontrakt summasidan chegirma berish tartibi tasdiqlandi. 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab har yili davlat OTMlarida bakalavriatning kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiydigan pedagog farandlari uchun 30 foiz miqdorida chegirma qo‘llaniladi. Agar pedagogning bir nechta farzandi davlat OTMlarida shartnoma asosida tahsil olayotgan bo‘lsa, chegirma har bir farand uchun alohida ajratiladi.

Chegirma qo‘llanilmaydigan holatlar

Hujjatga ko‘ra, mazkur imtiyoz oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari, O‘zbekistondagi xorijiy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat OTMlarda o‘qiydiganlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Shuningdek, xorijiy hamkor OTMlarning qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha tahsil olayotganlarga va qo‘shimcha hamda tabaqalashtirilgan (super-kontrakt) to‘lov-kontrakt asosida o‘qiydiganlarga ham ushbu chegirma berilmaydi.

Arizani ko‘rib chiqish va bekor qilish shartlari

Talabalar shartnoma olish uchun kontrakt.edu.uz tizimi orqali ariza yuboradi va mas’ul tashkilot uni 2 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi. «Raqamli hukumat» tizimining idoralararo platformasi orqali talabaning pedagog farzandi ekani tasdiqlangach, chegirma avtomatik tarzda o‘quv yili uchun bir marotaba qo‘llaniladi. Agar ota yoki ona pedagoglik toifasidan mahrum etilsa, keyingi o‘quv yilidan e’tiboran chegirma berish to‘xtatiladi.