O‘zbekiston 1500 km masofaga ucha oladigan kamikadze dronini ishlab chiqdiJamiyatBMW’da YPX xodimini urib o‘ldirgan 16 yoshli Doniyor Turg‘unovga 2 yilga qamaldiJamiyatShavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga tashrifi oldidan Kallibek Kamalov xonadonida bo‘ldiJamiyatYangi xalqaro aeroport qurilishi sabab Toshkent viloyatidagi yettita qabriston ko‘chiriladiJamiyat5 yilga qamalgan bloger Sanjar Karimov sud hukmini BMT va AQSH hukumati orqali bekor qilishga urinmoqdaJamiyatToshkent viloyatida 3-oktabrdan suv va oqova xizmatlari tariflari sezilarli darajada oshiriladiJamiyatToshkent maktablarida davomat Face ID smart-kameralar orqali nazorat qilinadiJamiyatIqtisodiyot va moliya vazirligi pensiya islohotining sabablari va tafsilotlarini ochiqladiJamiyatO‘zbekiston xorijliklar kirishi uchun qulaylik bo‘yicha 52-o‘rinni egalladiJamiyatToshkent 157 mln yevroga 10 ta Škoda elektropoyezdini xarid qiladiJamiyat

Toshkent maktablarida davomat Face ID smart-kameralar orqali nazorat qilinadi

Toshkent maktablarida davomat Face ID smart-kameralar orqali nazorat qilinadi

Toshkentda Face ID tizimiga ega «SI Davomat» loyihasi yo‘lga qo‘yildi. Sergeli tumanidagi 26 ta maktabda 446 ta smart-kamera o‘rnatildi. Sababsiz dars qoldirishlar haqida ota-onalar va Milliy gvardiyaga xabar beriladi.

Toshkent shahridagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning darslarga qatnashishini nazorat qiluvchi «SI Davomat» («AI-davomat») raqamli tizimini joriy etish boshlandi. Usbu loyiha Face ID yuzni tanish texnologiyasi hamda maxsus smart-kameralar ishiga asoslangan. Hozirgi bosqichda tizim Sergeli tumanidagi 26 ta maktabda tajriba tariqasida sinovdan o‘tkazilmoqda va ushbu muassasalarda 446 ta aqlli kamera o‘rnatib bo‘lingan. Sinov natijalari asosida loyihani poytaxtdagi barcha maktablarda bosqichma-bosqich joriy etish rejalashtirilgan.

«SI Davomat» tizimining ishlash mexanizmi avtomatik ogohlantirishga asoslangan: agar o‘quvchi darslarni sababsiz qoldirsa, uning ota-onasiga darhol SMS-xabarnoma yuboriladi. Shu bilan birga, bu haqidagi ma’lumot avtomatik ravishda maktab direktori, profilaktika inspektori, Milliy gvardiya xodimi hamda mahalla vakillariga uzatiladi. Dars qoldirish sabablarini aniq ajratish uchun tizim ERP Maktab hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining DMED tizimlari bilan integratsiya qilindi, bu esa kasallik tufayli kelmagan o‘quvchilarni sababsiz qoldirganlardan ajratish imkonini beradi.

Tizim ko‘rsatkichlari asosida poytaxt maktablari davomat darajasiga qarab «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratiladi. Mazkur tashabbus Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqovning o‘tgan yil avgust oyida qabul qilingan qarori ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Ushbu hujjatda sun’iy intellekt yordamida nafaqat davomatni, balki ta’lim sifatini hamda o‘quvchilarning psixologik holatini monitoring qilish ko‘zda tutilgan.