Toshkentda avtobuslar metrodan so‘ng yo‘lovchi tashish bo‘yicha rekord o‘rnatdiJamiyatO‘zbekiston davlat byudjeti daromadlari olti oyda qariyb 44 foizga ko‘paydiIqtisodiyotToshkentda Al-Beruniy maktabining 16 yoshli o‘quvchisi yotoqxona 4-qavatidan tushib ketib vafot etdiJamiyatO‘zbekistonda Telegram va Instagram eng ommabop ijtimoiy tarmoqlar deb topildiJamiyatAlisher Qodirov Toshkentdagi «qaysidir rus rassomining uyi»ni buzishga chaqirdiJamiyatShavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha 5 ta taklif bildirdiSiyosatO‘zbekistonda pensiya yoshini uch yilga oshirish rejalashtirilmoqdaJamiyatO‘zbekiston milliy terma jamoasi Eron, Suriya va Janubiy Koreyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazadiSportSamarqandda sobiq imom-xatib giyohvandlik vositalari ta’sirida diniy saboq bergani aniqlandiJamiyatUrganchda 15 yoshli maktab o‘quvchisi «VAZ-2107»da YPX xodimlaridan qochishga urindiJamiyat

O‘zbekiston davlat byudjeti daromadlari olti oyda qariyb 44 foizga ko‘paydi

O‘zbekiston davlat byudjeti daromadlari olti oyda qariyb 44 foizga ko‘paydi

2026-yilning I yarmida davlat byudjeti daromadlari 207 trln so‘mga yetdi, YIM o‘sishi esa 8,5 foizni tashkil etdi. Jamshid Qo‘chqorov Senatda hisobot berdi.

2026-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston davlat byudjetiga tushumlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 63 trln so‘mga yoki 43,8 foizga ortib, 207 trln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov 15-sentyabr kuni Senat majlisida ma’lum qildi.

Hukumat a’zosining hisobotiga ko‘ra, yanvar—iyun oylarida mamlakat yalpi ichki mahsuloti o‘sishi 8,5 foizga yetdi (2025-yilning mos davrida 7,2 foiz bo‘lgan). Hisobot davrida bozor xizmatlari 16,9 foizga, qurilish 13,8 foizga, sanoat 8 foizga va qishloq xo‘jaligi 4,7 foizga o‘sgan. Aholining real daromadlari 9,2 foizga, chakana savdo aylanmasi 20,2 foizga, oltinsiz eksport hajmi esa 31,6 foizga oshdi. Yillik inflyatsiya darajasi 6,4 foizni tashkil etib, o‘tgan yilgidan 2,3 foiz bandiga pasaygan.

Byudjet daromadlarining 149 trln so‘mi (72 foizi) Soliq qo‘mitasi, 41 trln so‘mi (20 foizi) esa Bojxona qo‘mitasi tomonidan ta’minlandi. Jahon bozorida oltin va mis narxining oshishi hamda korxonalarda tannarxning qisqartirilishi evaziga foyda solig‘i tushumlari 2,3 barobarga ko‘payib, 51 trln so‘mga yetdi. Ish o‘rinlarining legallashtirilishi va maoshlar oshishi natijasida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 18,5 foizga oshib, 24 trln so‘mni, QQS tushumlari esa 21 foizga ko‘payib, 43,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Olti oy ichida davlat byudjeti xarajatlari 206 trln so‘mni tashkil etib, 18,4 foizga ortdi. Barcha xarajatlarning 51,5 foizi yoki 106 trln so‘mi ijtimoiy sohaga yo‘naltirildi. Jumladan, ta’lim sohasiga 49,5 trln so‘m ajratilib, 3–6 yoshli bolalarning bog‘cha bilan qamrovi 78,4 foizga yetkazildi hamda xususiy maktablar soni 551 taga yetdi. Sog‘liqni saqlashga 23 trln so‘m sarflanib, shundan 1,7 trln so‘mi dori-darmon ta’minotiga, 229 mlrd so‘mi esa 1,4 mln bolani vaksinalashga yo‘naltirildi. Nafaqalar va moddiy yordam uchun 7,3 trln so‘m to‘lab berilgan bo‘lsa, «Tashabbusli byudjet»ning birinchi mavsumidagi 2192 ta loyihaga 13,2 trln so‘m ajratildi.