O‘zbekistonda pensiya yoshini uch yilga oshirish rejalashtirilmoqdaJamiyatO‘zbekiston milliy terma jamoasi Eron, Suriya va Janubiy Koreyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazadiSportSamarqandda sobiq imom-xatib giyohvandlik vositalari ta’sirida diniy saboq bergani aniqlandiJamiyatUrganchda 15 yoshli maktab o‘quvchisi «VAZ-2107»da YPX xodimlaridan qochishga urindiJamiyat«Hududiy elektr tarmoqlari» tadbirkorlardan noqonuniy ravishda 5,5 mlrd so‘m undirgani aniqlandiJamiyatAliment miqdori bolaning yoshi va ehtiyojiga qarab belgilanishi mumkinJamiyatO‘zbekistonda o‘quvchilarni haqorat qilgan va kaltaklagan pedagoglar bir yilga dars berishdan mahrum etiladiJamiyatToshkentda yonib ketgan Zeekr’da zavod nuqsoni borligi aniqlandi — o‘zbekistonliklar nimani bilishi kerakJamiyatJizzax viloyatida qaynona va ovsinlar kelinni shafqatsiz qiynagani aytilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda 18 yoshgacha nikoh qurish tartibi kuchaytirilmoqdaJamiyat

Urganchda 15 yoshli maktab o‘quvchisi «VAZ-2107»da YPX xodimlaridan qochishga urindi

Urganchda 15 yoshli maktab o‘quvchisi «VAZ-2107»da YPX xodimlaridan qochishga urindi

Urganchda «VAZ-2107» haydagan 9-sinf o‘quvchisi YPX xodimlarining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay, qochishga urindi. Avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Urganch shahridagi mahalla ko‘chalarida yuqori tezlikda harakatlanib, fuqarolar tinchligini buzgan «VAZ-2107» rusumli avtomobil videosi tarqaldi.

Hodisa joyiga yetib kelgan yo‘l-patrul xizmati inspektorlari haydovchiga to‘xtash ishorasini bergan. Biroq u qonuniy talabga bo‘ysunmasdan, voqea joyidan qochishga uringan. Quvish amaliyotidan so‘ng huquqbuzar ushlangan.

Surishtiruvlar natijasida rulda Urganch tumanidagi 2-sonli umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi, 15 yoshli o‘smir bo‘lgani aniqlandi. Voyaga yetmagan bolaning ota-onasi sodir bo‘lgan holat uchun uzr so‘rab, bu holat takrorlanmasligini bildirishgan.

O‘smirning otasiga nisbatan avtomobilni boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxsga topshirgani uchun Ma’lumiy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasi 2-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Avtomobil vaqtincha jarima maydonchasiga joylashtirildi.