O‘zbekistonda o‘quvchilarni haqorat qilgan va kaltaklagan pedagoglar bir yilga dars berishdan mahrum etiladiJamiyatToshkentda yonib ketgan Zeekr’da zavod nuqsoni borligi aniqlandi — o‘zbekistonliklar nimani bilishi kerakJamiyatJizzax viloyatida qaynona va ovsinlar kelinni shafqatsiz qiynagani aytilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda 18 yoshgacha nikoh qurish tartibi kuchaytirilmoqdaJamiyatRaqobat qo‘mitasi reyslar kechikishi uchun kompensatsiya to‘lash tartibini o‘rganmoqdaJamiyatDam olish kunlari O‘zbekistonda harorat +25 darajagacha pasayadiJamiyatSukunatni buzganlik uchun jarimalar 8,8 mln so‘mgacha oshiriladiJamiyatMarkaziy Osiyo davlatlari prezidentlari Seulda uchrashadiSiyosatElektrotexnika korxonalari uchun imtiyozlar 2030-yilgacha uzaytiriladiIqtisodiyotO‘zbekistonliklar Tailand vizasini Moskvaga bormasdan olishlari mumkin bo‘ladiJamiyat

O‘zbekistonda o‘quvchilarni haqorat qilgan va kaltaklagan pedagoglar bir yilga dars berishdan mahrum etiladi

O‘zbekistonda o‘quvchilarni haqorat qilgan va kaltaklagan pedagoglar bir yilga dars berishdan mahrum etiladi

O‘zbekistonda o‘quvchilarni haqorat qilgan va kaltaklagan pedagoglar bir yilga dars berishdan mahrum etiladi. MJtKga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, o‘quvchilarga nisbatan ruhiy va jismoniy zo‘ravonlik qilgan o‘qituvchilarga 2,2 mln so‘mgacha jarima hamda bir yillik taqiq solinadi.

O‘zbekistonda bolalarga ta’lim va tarbiya berish jarayonida ularga nisbatan jismoniy yoki ruhiy ta’sir o‘tkazgan pedagoglar uchun ma’muriy javobgarlik rasman belgilandi. Bu haqda BMTning Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF) O‘zbekistondagi vakolatxonasi xabar berdi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga (MJtK) kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni haqoratlash, kamsitish, ruhiy bosim o‘tkazish va jismoniy jarohat yetkazish holatlari, agar ular Jinoyat kodeksi moddalariga tushmasa, ma’muriy huquqbuzarlik deb baholanadi.

Jarima miqdori va kasbiy taqiqlar

Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik qilgani uchun jazolangan shaxslarga moliyaviy va kasbiy cheklovlar qo‘llaniladi.

Qoidabuzarlik uchun BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha (440 ming so‘mdan 2,2 million so‘mgacha) miqdorda jarima undiriladi. Bunga qo‘shimcha ravishda, javobgarlikka tortilgan pedagoglar bir yil muddatga ta’lim sohasida faoliyat yuritish huquqidan mahrum qilinadi.

Ushbu taqiq maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim maktablari, litsey va kollejlar, kasb-hunar maktablari hamda bolalar uchun mo‘ljallangan barcha turdagi qo‘shimcha ta’lim markazlariga tatbiq etiladi.