Botkin qabristonida devor qulashi oqibatida qabr toshlari shikastlandiJamiyatO‘zbekistonda «Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonun yangilanmoqdaJamiyatToshkentda mehmonxona xodimlari mijozlarni videoga olib, qizga shahvoniy shilqimlik qildiJamiyatToshkent viloyatida IIB xodimi voyaga yetmagan qizni zorlaganlikda ayblandiJamiyatO‘zbekistonda san’atkorlarga qo‘shiq va chiqishlari uchun xavf ballari beriladiJamiyatSanepidqo‘mita meningit simptomlari va profilaktikasi bo‘yicha eslatma e’lon qildiJamiyatMisr turpaket egalari uchun Sharm ash-Shayxga kirish qoidalarini o‘zgarishsiz qoldirdiDunyoXorazmda bir oilaning 4 a’zosi ovqatdan zaharlanib vafot etdiJamiyatO‘zbekistonda odamlar kamroq oila qura boshladiJamiyatO‘zbekistonda shifokorlar va farmatsevtlar uchun majburiy davlat ro‘yxatidan o‘tish tizimi joriy etiladiJamiyat

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya prezidenti Aleksandar Vuchichning taklifiga binoan Belgradga jo‘nab ketdi. Oliy darajadagi muzokaralar va biznes-forum o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi prezidenti Aleksandar Vuchichning taklifiga binoan 7-sentabr kuni ushbu mamlakatga rasmiy tashrif bilan jo‘nab ketdi. Oliy darajadagi ushbu tashrif ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy va iqtisodiy munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan.

Belgrad shahridagi tashrif dasturidan oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi o‘rin olgan. Muloqotlar davomida davlat rahbarlari O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishning dolzarb masalalarini atroflicha ko‘rib chiqadilar.

Tashrif doirasida ikki mamlakatning rasmiy hamda ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida qo‘shma biznes-forum o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Tadbirda investitsiyalar, sanoat va savdo sohalaridagi sheriklikni rivojlantirish hamda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinadi.

Sammit va muzokaralar yakunlari bo‘yicha har tomonlama va ko‘p qirrali hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan ikki tarafama hujjatlarning salmoqli paketi imzolanishi rejalashtirilgan.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish