Sanepidqo‘mita meningit simptomlari va profilaktikasi bo‘yicha eslatma e’lon qildiJamiyatMisr turpaket egalari uchun Sharm ash-Shayxga kirish qoidalarini o‘zgarishsiz qoldirdiDunyoXorazmda bir oilaning 4 a’zosi ovqatdan zaharlanib vafot etdiJamiyatO‘zbekistonda odamlar kamroq oila qura boshladiJamiyatO‘zbekistonda shifokorlar va farmatsevtlar uchun majburiy davlat ro‘yxatidan o‘tish tizimi joriy etiladiJamiyatAQSh Markaziy Osiyo davlatlariga kim bilan hamkorlik qilishni uqtirmoqchi emas — Marko RubioJamiyatFarg‘ona viloyatida bir ayol Turkiyaga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgani uchun 5 yilga qamaldiJamiyatQiziriqda MFY raisi va uning ukasi shaxsiy fotolar sababli sudlandJamiyatAQSh 300 mingdan ortiq xorijlikning vizasini bekor qildiDunyoLotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirish to‘g‘risidagi qonun imzolandiSiyosat

Veolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdi

Veolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdi

Veolia Energy Tashkent kompaniyasi isitish mavsumiga tayyorgarlik doirasida 7-sentabrdan e’tiboran Mirzo Ulug‘bek, Shayxontohur va Yashnobod tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv ta’minotini vaqtincha o‘chiradi.

Rejali o‘chirishlar 7-sentabrdan e’tiboran boshlanadi va har bir hudud bo‘yicha belgilangan grafik asosida amalga oshiriladi.

Mirzo Ulug‘bek tumanida issiq suv ta’minotidagi uzilishlar eng uzoq — 7-sentabrdan 11-sentabrga qadar davom etadi. Cheklovlar «Uyg‘onish» mahallasi, TTZ-2 massividagi 29, 30, 31, 32, 37, 38a, 38b, 44 va 12-sonli ko‘p qavatli uylarga hamda ushbu hududda joylashgan 512 va 80-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlariga daxldor bo‘ladi.

Shayxontohur va Yashnobod tumanlarida esa profilaktika ishlari 7-sentabrdan 9-sentabrga qadar uch kun davomida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shayxontohur tumanining «Samarqand darvoza» mahallasi, Uchlola ko‘chasidagi 1-uyda hamda Yashnobod tumanining «Movarounnahr» mahallasi, Nukus ko‘chasi va Kichik halqa yo‘li yoqasidagi 2, 2/1, 2/2, 4, 4/1, 6, 6/1, 6/2 va 8-sonli uylarda issiq suv uziladi.

Kompaniya vakillari keltirilgan noqulayliklar uchun shahar aholisidan uzr so‘rab, issiq suv ta’minoti profilaktika tadbirlari to‘liq yakunlangach va quvurlar bosim ostida tekshirilgandan so‘ng bosqichma-bosqich qayta tiklanishini ma’lum qildi.