Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi yangi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurdiSiyosatO‘zbekiston iyulda 1 tonna oltin sotdi, lekin dunyoda top-3 xaridorligicha qolmoqdaIqtisodiyotMaktablarda dutor, doira va raqs to‘garaklari ochiladiJamiyatQashqadaryoning baland tog‘li hududlarida birinchi qor yog‘diJamiyatFarg‘onada ko‘p qavatli uy erto‘lasida akulali basseyn barpo etilgani aniqlandiJamiyatToshkent hokimligi Glinka ko‘chasidagi portlash sababini ma’lum qildi: jinoyat ishi qo‘zg‘atildiJamiyatAvgust oyida 71,9 mlrd so‘mlik elektr va gaz noqonuniy ishlatilgani aniqlandiJamiyat«60 bilan ketayotgandim, kamera 66 ko‘rsatdi»: Toshkentda haydovchilar radarlar xatosidan xavotirdaJamiyatAQSHda Donald Tramp tasvirlangan 1 dollarlik tanga muomalaga chiqarildiDunyoO‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati ko‘tariladi — O‘zgidrometJamiyat

Maktablarda dutor, doira va raqs to‘garaklari ochiladi

Maktablarda dutor, doira va raqs to‘garaklari ochiladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi barcha maktablarda milliy san’at yo‘nalishida to‘garaklar yo‘lga qo‘yilishini e’lon qildi. O‘quvchilarga haftasiga 2 soatdan saboq beriladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga asosan tashkil etilayotgan mashg‘ulotlar o‘quvchilarga milliy san’at turlarini chuqurlashtirilgan holda o‘rgatishga qaratilgan.

Yangi tizimga ko‘ra, to‘garaklar to‘rtta asosiy yo‘nalish bo‘yicha faoliyat olib boradi: dutor chertish, doira chalish, tasviriy san’at hamda milliy raqs. Mashg‘ulotlar haftasiga 2 soatdan, o‘quv yili davomida jami 72 soat hajmida o‘tkazilishi belgilangan.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, to‘garaklarni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad milliy san’atni yoshlar orasida keng targ‘ib qilish va uni kelajak avlodga yetkazishdan iborat. Dastur doirasida iqtidorli o‘quvchilarni saralab olish uchun maxsus tanlovlar o‘tkazib boriladi.

Ma’lumot uchun, 2022-yilda mamlakatda har bir maktab bitiruvchisi kamida bitta milliy musiqiy cholg‘u qurolida chalishni bilishi bo‘yicha tizim joriy etish rejalashtirilgan edi.