Sanepidqo‘mita meningit simptomlari va profilaktikasi bo‘yicha eslatma e’lon qildiJamiyatMisr turpaket egalari uchun Sharm ash-Shayxga kirish qoidalarini o‘zgarishsiz qoldirdiDunyoXorazmda bir oilaning 4 a’zosi ovqatdan zaharlanib vafot etdiJamiyatO‘zbekistonda odamlar kamroq oila qura boshladiJamiyatO‘zbekistonda shifokorlar va farmatsevtlar uchun majburiy davlat ro‘yxatidan o‘tish tizimi joriy etiladiJamiyatAQSh Markaziy Osiyo davlatlariga kim bilan hamkorlik qilishni uqtirmoqchi emas — Marko RubioJamiyatFarg‘ona viloyatida bir ayol Turkiyaga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgani uchun 5 yilga qamaldiJamiyatQiziriqda MFY raisi va uning ukasi shaxsiy fotolar sababli sudlandJamiyatAQSh 300 mingdan ortiq xorijlikning vizasini bekor qildiDunyoLotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirish to‘g‘risidagi qonun imzolandiSiyosat

«60 bilan ketayotgandim, kamera 66 ko‘rsatdi»: Toshkentda haydovchilar radarlar xatosidan xavotirda

«60 bilan ketayotgandim, kamera 66 ko‘rsatdi»: Toshkentda haydovchilar radarlar xatosidan xavotirda

Bektemir tumanida radar 60 km/soat tezlikda ketayotgan avtomobilga 66 km/soat ko‘rsatib, 440 ming so‘m jarima yozdi. Videoedagilarga ko‘ra, spidometr tezligi past bo‘lgan.

Toshkent shahrining Bektemir tumanida tezlikni oshirmasdan harakatlangan haydovchi radar tomonidan jarimaga tortildi. Radar avtomobil tezligini 66 km/soat deb qayd etgan va haydovchiga 440 ming so‘m miqdorida jarima solingan.

Biroq avtomobil videoregistratori va spidometr ko‘rsatkichlariga ko‘ra, o‘sha vaqtda avtomobil tezligi 59–60 km/soat atrofida bo‘lgan.

Radarlar xatosi va haydovchilar e’tirozi

Ijtimoiy tarmoqda ushbu holatni e’lon qilgan haydovchi bunday asossiz jarimalar unga muntazam ravishda kelib tushayotganini ta’kidlamoqda.

Ushbu holat poytaxtlik haydovchilar o‘rtasida keng muhokamalarga va e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Endilikda jamoatchilik va haydovchilar yo‘llarga o‘rnatilgan avtomatlashtirilgan kameralar va radarlar tezlikni sun’iy ravishda oshirib ko‘rsatishi mumkinmi degan savol bilan mas’ul idoralarga yuzlanmoqda.