Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Isroil AQShning G‘azo bo‘yicha rejasiga e’tiroz bildirdi

Isroil AQShning G‘azo bo‘yicha rejasiga e’tiroz bildirdi

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning idorasi Vashingtonga G‘azo bo‘yicha taklif etilgan reja yuzasidan e’tiroz va xavotirlarini yetkazdi. Tel-Aviv HAMASning to‘liq qurolsizlanishini talab qilmoqda.

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning idorasi AQSh tomonidan ilgari surilgan G‘azo sektoridagi vaziyatni tartibga solish rejasiga rasman e’tiroz bildirdi va o‘z xavotirlarini Vashingtonga yetkazdi. Bu haqda Al Arabiya va AFP agentliklari xabar berdi.

Isroil Bosh vaziri idorasi matbuot kotibi Doron Spilman jamoatchilikka e’lon qilingan reja varianti Isroilning rasmiy pozitsiyasini aks ettirmasligini ta’kidladi. AQSh prezidenti Donald Tramp HAMAS qurolsizlanishga va qurollarni yangi tuzilayotgan Falastin boshqaruv qo‘mitasiga topshirishga rozi bo‘lganini olqishlab, Isroil bu o‘zgarishlardan mamnun ekanini bildirgan edi. Biroq Tel-Aviv bu bayonotlarni rad etmoqda.

Isroil razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, HAMAS 2025-yil oktyabrida erishilgan otashkesim rejimiga qaramay, harbiylashtirilgan guruhlarni qayta qurollantirish va kuch to‘plashda davom etmoqda. Netanyaxu vakilining so‘zlariga ko‘ra, HAMASning amaldagi harakatlari yangi hujumlarga tayyorgarlik ko‘rilayotganidan dalolat beradi.

Isroil tomoni har qanday uzoq muddatli kelishuvning asosiy shart sifatida HAMASning haqiqiy va ortga qaytmaydigan tarzda to‘liq qurolsizlanishini ko‘rsatmoqda. Qurolsizlanish jarayoni Isroil tomonidan to‘liq tekshirilmaguncha, mamlakat qurolli kuchlari G‘azo sektoridan olib chiqib ketilmasligi va harbiy zarbalar davom ettirilishi ma’lum qilindi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish