Maktablarda an’anaviy baholar o‘rnini 100 ballik tizim egallaydiJamiyatAQShning yana uchta shahrida O‘zbekiston Mustaqillik kuni rasman bayram deb e’lon qilindiDunyoBiznes birinchi xatolik uchun jarima va takroriy tekshiruvlardan xalos etiladiIqtisodiyotO‘zbekistonga ko‘chib keluvchilar soni bir yilda 2,5 baravarga oshdiJamiyatRossiyada benzin ishlab chiqarish ehtiyojning 70 foizigacha tushib ketdi — ReutersJamiyatNepaldagi suv toshqinlarida halok bo‘lganlar va jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q — elchixonaJamiyatOlmaota — Toshkent poyezdida «Ayollar vagoni» yo‘lga qo‘yiladiJamiyatPrezident Mustaqillik bayrami arafasida 852 nafar mahkumni afv etdiJamiyatToshkent oliygohlarida darslar soat 08:00 dan boshlanadiJamiyatMuzlik daryoga ko‘chdi: Nepal va Tibetda yuzlab odamlar sel oqimi ostida qoldiDunyo

Biznes birinchi xatolik uchun jarima va takroriy tekshiruvlardan xalos etiladi

Biznes birinchi xatolik uchun jarima va takroriy tekshiruvlardan xalos etiladi

Biznes birinchi xatolik uchun jarima va takroriy tekshiruvlardan xalos etiladi. Jarima o‘rniga 10 kunlik muddat beriladi.

O‘zbekistonda biznes sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash va ularga nisbatan ma’muriy bosimni kamaytirishga qaratilgan yangi Prezident farmoni qabul qilindi. Hujjat bilan soliq va nazorat tizimida bir qator muhim yengilliklar hamda eksperimental tartiblar joriy etilmoqda.

Yangi tartibga ko‘ra, agar tadbirkorlik sub’yekti birinchi marta huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ysa va ushbu holat insonlar hayoti hamda sog‘lig‘iga zarar yetkazmagan, shuningdek, o‘zgalar mol-mulkiga talafot yetkazmagan bo‘lsa, unga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanilmaydi.

Buning o‘rniga tadbirkorga mavjud kamchilik va qoidabuzarliklarni bartaraf etishi uchun 10 kunlik muddat beriladi. Jarima faqat ushbu muddat ichida kamchiliklar tuzatilmabsagina qo‘llanishi mumkin.

Soliq auditi bo‘yicha 2 yillik eksperiment

Farmon bilan 2027-yil 1-yanvardan 2028-yil 31-dekabrgacha bo‘lgan davrda o‘rta va yirik biznes sub’yektlari uchun eksperiment tariqasida ixtiyoriy audit tizimi yo‘lga qo‘yiladi:

  • Ixtiyoriy audit: Korxonalar o‘z tashabbusi bilan auditorlik tashkilotlarini jalb qilgan holda soliq va yig‘imlarning to‘g‘ri hisoblangani hamda to‘langanini tekshirtirishi mumkin.

  • Tekshiruvlardan himoya: Agar auditorlik tekshiruvi o‘tkazilgan bo‘lsa, soliq organlari ushbu davr uchun qayta soliq tekshiruvini o‘tkazmaydi.

  • 30 kunlik imtiyoz: Audit davomida xatoliklar aniqlansa, ularni tuzatish uchun 30 kun beriladi. Belgilangan muddatda kamchiliklar bartaraf etilsa, moliyaviy jarima solinmaydi.

  • Auditorlar javobgarligi: Tizimda ishlaydigan auditorlik tashkilotlari ro‘yxati Soliq qo‘mitasi tomonidan shakllantiriladi va rasmiy saytda e’lon qilinadi. Keyinchalik to‘lanmagan soliqlar aniqlansa, javobgarlik bevosita auditorlik tashkiloti zimmasiga tushadi.

Takroriy tekshiruvlarga cheklov

Yangi hujjatga asosan tadbirkorlik sub’yektlarini asossiz va tez-tez tekshirish amaliyoti cheklanadi. Bir marta tekshirilgan tadbirkorni bir yil davomida qayta tekshirish faqat Biznes-ombudsman ruxsati bilan amalga oshiriladi. Kameral soliq tekshiruvlari ushbu cheklovdan mustasno hisoblanadi.