O‘zbekistonda pul massasi rekord darajaga yetib, 434,5 trln so‘mni tashkil etdiIqtisodiyotO‘zbekistonda davlat bog‘chalaridagi to‘lovlari oshirildiJamiyatoshkentda Zeekr 001 elektromobili yonib ketdiJamiyatEnergetika vazirligi fuqarolarni gazdan voz kechib, elektr energiyasida isinishga chaqirdiJamiyatO‘zbekiston bo‘yicha dam olish kunlari ob-havo ma’lumoti e’lon qilindiJamiyatO‘zbekistonda aholi yarim yilda go‘zallik salonlariga 7 trln so‘mdan ortiq mablag‘ sarfladiJamiyatO‘zbekistonliklar Qatarga ishga taklif qilinmoqda. Maosh — $5500 gachaJamiyatO‘zbekistonda eng ko‘p maosh oluvchi bitiruvchilarga ega OTMlar ro‘yxati e’lon qilindiJamiyatToshkent gaz tarmoqlaridagi yo‘qotishlarni jilovlash uchun Xalqaro bankdan 10,6 mln dollar oladiIqtisodiyotShavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyni Ukraina Mustaqilligining 35 yilligi bilan tabrikladiSiyosat

Toshkent gaz tarmoqlaridagi yo‘qotishlarni jilovlash uchun Xalqaro bankdan 10,6 mln dollar oladi

Toshkent gaz tarmoqlaridagi yo‘qotishlarni jilovlash uchun Xalqaro bankdan 10,6 mln dollar oladi

“O‘ztransgaz” tizimida mingga yaqin nosozlik va yoriqlar aniqlandi. Xalqaro bank ajratayotgan grant hisobidan infratuzilma ta’mirlanadi va tejalgan resurslarni sohaga qayta yo‘naltirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Infratuzilma holati va grant ajratilishi

O‘zbekiston gaz uzatish tizimidagi sizib chiqishlar va nosozliklarni bartaraf etish loyihasini moliyalashtirish uchun Jahon banki 10,6 million dollar miqdorida beminnat ajratma ajratmoqda. Bu bo‘yicha hukumatning tegishli qarori 18-avgust kuni qabul qilindi.

O‘tkazilgan texnik auditchilarga ko‘ra, “O‘ztransgaz” tasarrufidagi obyektlarda 1000 dan ziyod shikastlangan nuqtalarmavjud. Ushbu nuqtalar sababli har yili 35 million kubometrgacha tabiiy gaz havoga sovurilmoqda. Tahlilchilarning ogohlantirishicha, zaruriy choralar ko‘rilmasa, 2030-yilga borib isrof bo‘lgan gaz hajmi 1,75 milliard kubometrga ($228 mln zarar) yetishi mumkin.

2026–2028 yillarga mo‘ljallangan uch yillik dastur doirasidagi mablag‘lar quyidagicha yo‘naltiriladi:

  • 9,6 million dollar — bevosita quvurlar hamda gaz obyektlarini ta’mirlashga;

  • 500 ming dollar — sizib chiqishlarni aniqlovchi va hisobini yurituvchi monitoring tizimlarini yo‘lga qo‘yishga;

  • 500 ming dollar — loyihani boshqarish guruhi faoliyati va chet ellik mutaxassislarni jalb etishga.

Qayta investitsiyalash va tarif siyosati

Ushbu loyihaning asosiy yangiligi shundaki, ta’mirlash natijasida tejalgan gazdan olinadigan foyda yana infratuzilmani yangilashga yo‘naltiriladi. 2029-yilga borib yiliga 47,5 ming tonna gaz yo‘qotilishining oldi olinadi va bu qariyb 18 million dollarlik iqtisodiy samara beradi.

Xalqaro audit tomonidan tasdiqlangan tejamkorlik summasi “O‘ztransgaz”ning maxsus eskrou-hisobida jamlanadi. Ushbu pullar faqat va faqat yangi nosozliklarni izlash ile bartaraf etish ishlariga sarflanishi shart.

Shuningdek, hukumat gaz tashish tariflarida amaldagi tartibni kamida ikki yil davomida o‘zgarishsiz saqlab turadi. Bu kompaniyaga iqtisod qilingan resurslar evaziga hosil bo‘lgan mablag‘ni to‘liq gaz infratuzilmasiga qayta kiritish imkonini beradi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning birinchi yarmida mamlakatda gaz yo‘qotilishi 7,6 foizni tashkil etdi. Butun energetika tizimini to‘liq modernizatsiya qilish uchun yaqin 10 yilda 8 milliard dollar sarmoya talab qilinadi.