O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyni Ukraina Mustaqilligining 35 yilligi bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyni Ukraina Mustaqilligining 35 yilligi bilan tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyni Ukraina Mustaqilligining 35 yilligi bilan qutladi. Zelenskiy minnatdorlik bildirib, do‘stlik va hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi.

Davlat rahbari o‘z tabrigida Vladimir Zelenskiyga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, mas’uliyatli davlatchilik faoliyatida muvaffaqiyatlar, Ukraina xalqiga esa tinchlik va ravnaq tilagan.

“Bizning birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz tufayli mamlakatlarimiz o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik rishtalari va o‘zaro hurmat tamoyillariga asoslangan munosabatlar bundan buyon ham izchil rivojlanib borishiga ishonchim komil”, — deyiladi prezident maktubida.

Ukraina prezidentining munosabati

Vladimir Zelenskiy samimiy tabrik uchun O‘zbekiston prezidentiga minnatdorlik bildirdi hamda ikki tomonlama aloqalarga yuqori baho berdi.

Zelenskiy o‘z munosabatida Ukraina O‘zbekiston bilan an’anaviy do‘stlikni o‘ta qadrlashini, o‘zaro hamkorlik, savdo va iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirishga sodiq qolishini ta’kidladi. U Shavkat Mirziyoyevga sihat-salomatlik, O‘zbekiston xalqiga esa tinch va farovon kelajak tiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston rahbari har yili ukrainalik hamkasbiga ushbu sana munosabati bilan doimiy ravishda tabrik maktubini yo‘llab keladi. Avvalroq O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ham Ukrainani Mustaqillik kuni bilan qutlagan edi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish