O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillar soni 5 millionga yaqinlashdiJamiyatShavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart Toqayevni Qurultoy saylovlari yakunlangani munosabati bilan qutladiSiyosatO‘zbekistonda OOTLardagi vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandiJamiyatO‘zbekistonda 10-sinf o‘quvchilariga texnikumlarga o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berildiJamiyatShavkat Umurzoqov sotuvga qo‘yilgan 35 ta bozor o‘z faoliyatini saqlab qolishini bildirdiJamiyatToshkentda raqamsiz Malibu YHXBBdan qochishga urindiJamiyatSamarkand-2028 sun’iy yo‘ldoshi Samarqandning orbitadan olingan ilk suratlarini uzatdiJamiyatBektemir City loyihasining qamrovi va moliyalashtirilishiIqtisodiyotO‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati pasayadiJamiyatDollar kursi 5 kunlik pasayishdan so‘ng qayta ko‘tarildiIqtisodiyot

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart Toqayevni Qurultoy saylovlari yakunlangani munosabati bilan qutladi

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart Toqayevni Qurultoy saylovlari yakunlangani munosabati bilan qutladi

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidentiga maktub yo‘llab, yangi Konstitutsiya bo‘yicha tashkil etilgan bir palatali parlament — Qurultoyga o‘tkazilgan ilk saylovlar muvaffaqiyatli yakunlangani bilan tabrikladi hamda strategik ittifoqchilikni mustahkamlashga tayyorligini bildirdi.

O‘zbekiston lideri ushbu siyosiy voqeani Qozog‘iston davlat tizimini takomillashtirish, boshqaruv samaradorligini oshirish va qonun chiqaruvchi hokimiyat rolini tubdan kuchaytirishning yangi bosqichi sifatida baholadi.

Maktubda ta’kidlanishicha, fuqarolarning ovoz berish jarayonidagi yuqori faolligi Qosim-Jo‘mart Toqayev rahbarligida olib borilayotgan chuqur konstitutsiyaviy hamda ijtimoiy-siyosiy islohotlar, shuningdek mamlakatning xalqaro maydondagi obro‘sini oshirishga qaratilgan siyosat xalq tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanayotganining yorqin tasdig‘idir.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston tomoni qardosh Qozog‘iston erishayotgan yutuqlardan samimiy mamnunligini bildirib, ikki davlat parlamentlararo hamkorligi ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik ittifoqchilik ruhida yangi bosqichga ko‘tarilishiga ishonch bildirdi.