So‘nggi:
Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi oldida rolik uchgan yoshlar qamaldi va jarimaga tortildiJamiyatO‘zbekistonda saytlar orqali kartadan kartaga pul o‘tkazish taqiqlanadiIqtisodiyotBiznes uchun elektr va gazga oldindan to‘lov 100 foizdan 15 foizga tushiriladiIqtisodiyotToshkent hokimi Shavkat Umurzoqov xodimlarni ishdan o‘z vaqtida ketishga chaqirdiJamiyatO‘zbekistonda chiptasiz yurganlik uchun jarimalar oshirilishi kutilmoqdaJamiyatIsh haftasida O‘zbekistonda havo harorati 43 darajagacha ko‘tariladiJamiyatShavkat Mirziyoyev Urganch xalqaro aeroportidagi rekonstruksiya jarayoni bilan tanishdiJamiyatO‘zbekistonda abituriyentlar imtihon natijalari bo‘yicha apellyatsiya berishi mumkinJamiyat2027-yildan nasiyaga olinadigan tovarlar uchun 110 mln so‘mlik cheklov o‘rnatiladiJamiyatToshkentdagi Mustaqillik va Oqqo‘rg‘on ko‘chalari kesishmasida harakatlanish sxemasi o‘zgardiJamiyat

Biznes uchun elektr va gazga oldindan to‘lov 100 foizdan 15 foizga tushiriladi

Biznes uchun elektr va gazga oldindan to‘lov 100 foizdan 15 foizga tushiriladi

Shavkat Mirziyoyev 18-avgust kuni Xorazmda tadbirkorlar bilan muloqotda ASKUE hamda ASKUG tizimiga ulangan intizomli korxonalar uchun elektr va gazga oldindan to‘lovi 100 foizdan 15 foizga tushirilishini bildirdi.

Energiya resurslari uchun oldindan to‘lov va yangi tizim

Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida Xorazm viloyatida o‘tkazilayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda energetika va qurilish sohalarida biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi imtiyozlar e’lon qilindi.

Ilgari ko‘plab tadbirkorlar elektr energiyasi va gaz uchun 100 foizlik oldindan to‘lov (avans) talabi aylanma mablag‘larni qisqartirib yuborayotganidan shikoyat qilgan edi. Endilikda ASKUE va ASKUG tizimlariga ulangan hamda to‘lov intizomini buzmagan korxonalar uchun avans to‘lovi 100 foizdan 15 foizga tushiriladi. Davlat rahbari barcha tumanlarda energetika bo‘yicha boshqaruv tizimi tubdan o‘zgarishini va tadbirkorlarning ehtiyojlariga moslashgan yangi tizim joriy etilishini ta’kidladi.

Qurilish sohasidagi yangi yondashuvlar

Kelasi yildan e’tiboran qurilish sohasida pudrat va loyiha tashkilotlarini rag‘batlantiruvchi yangi moliyaviy mexanizmlar kuchga kiradi:

  • Qurilish qayerda amalga oshirilishidan qat’i nazar, har bir ishchi-soat uchun eng kam ish haqining 5 foizi miqdorida mablag‘ rejalashtiriladi;

  • Davlat ob’ektlari smetasida pudrat korxonalari uchun qat’iy 7 foizlik sof foyda ko‘zda tutiladi;

  • Ob’ektning murakkablik darajasiga qarab loyihalash ishlariga umumiy qiymatning 4 foizidan 7 foizigacha mablag‘ ajratiladi.