So‘nggi:
Toshkentda uzilib tushgan elektr kabeli elektrobus ustiga quladiJamiyatTataristondagi dronlar hujumida halok bo‘lgan 8 nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadi O‘zbekistonga olib kelindiJamiyatO‘zbekiston aholisining 64 foizi ortiqcha vazndan aziyat chekmoqdaJamiyatO‘zbekistonda 10 nafar IIB rahbari xizmatdagi kamchiliklari sabab ishdan olindiJamiyatXitoyda korrupsiyada ayblangan sobiq amaldor o‘lim jazosiga hukm qilindiDunyoSurxondaryoda mast haydovchi va uning yaqinlari YPX xodimlariga tan jarohati yetkazdiJamiyatO‘zbekistonda avtomobillarning zaharlilik darajasini tekshirish bo‘yicha reydlar boshlandiJamiyatYanagihayot va Sergeli tumanlarida gaz ta’minoti uch kunga o‘chiriladi — Hududgazta’minotJamiyatFarg‘onada 41 nafar qizni yashirincha o‘qitgan noqonuniy hujra faoliyatiga chek qo‘yildiJamiyatTatariston rahbari O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlariga hamdardlik bildirdiJamiyat

Toshkentda uzilib tushgan elektr kabeli elektrobus ustiga quladi

Toshkentda uzilib tushgan elektr kabeli elektrobus ustiga quladi

Mirzo Ulug‘bek tumanida Inbazar savdo majmualari yaqinida elektr liniyasida qisqa tutashuv sodir bo‘lib, kabel elektrobus ustiga tushdi. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi, transport vositasi shikastlanmadi.

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida uzilib tushgan elektr kabeli Yutong elektrobusining ustiga quladi. Holat yuzasidan tuman hokimligi matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Hodisa 11-avgust kuni soat 19:13 larda Gulsara ko‘chasida, Inbazar savdo majmuasi yaqinida yuz bergan. Havo elektr uzatish liniyasida sodir bo‘lgan qisqa tutashuv tufayli kabel uzilib, qatnov qismiga hamda harakatlanib ketayotgan elektrobus ustiga tushgan.

Voqea joyiga zudlik bilan FVV xodimlari, elektr tarmoqlari korxonasining avariya brigadasi va boshqa mas’ul xizmatlar yetib borgan. Hudud tezkorlik bilan xavfsizlantirilib, nosozlik to‘liq bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Fuqarolarga hamda jamoat transportiga moddiy zarar yetmagan, elektrobusga hech qanday shikast yetmagani ma’lum qilindi.