So‘nggi:
Darknet’da Qozog‘istonning 15 mln nafar fuqarosiga tegishli shaxsiy ma’lumotlar sotuvga qo‘yildiDunyoNamanganda avtobusda shilqimlik qilgan chol va unga tarvuzdek musht tushirgan qiz sud qilindiJamiyatToshkentda uzilib tushgan elektr kabeli elektrobus ustiga quladiJamiyatTataristondagi dronlar hujumida halok bo‘lgan 8 nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadi O‘zbekistonga olib kelindiJamiyatO‘zbekiston aholisining 64 foizi ortiqcha vazndan aziyat chekmoqdaJamiyatO‘zbekistonda 10 nafar IIB rahbari xizmatdagi kamchiliklari sabab ishdan olindiJamiyatXitoyda korrupsiyada ayblangan sobiq amaldor o‘lim jazosiga hukm qilindiDunyoSurxondaryoda mast haydovchi va uning yaqinlari YPX xodimlariga tan jarohati yetkazdiJamiyatO‘zbekistonda avtomobillarning zaharlilik darajasini tekshirish bo‘yicha reydlar boshlandiJamiyatYanagihayot va Sergeli tumanlarida gaz ta’minoti uch kunga o‘chiriladi — Hududgazta’minotJamiyat

O‘zbekistonda 10 nafar IIB rahbari xizmatdagi kamchiliklari sabab ishdan olindi

O‘zbekistonda 10 nafar IIB rahbari xizmatdagi kamchiliklari sabab ishdan olindi

IIV kollegiyasida 2026-yilning birinchi yarmidagi faoliyat yakunlari ko‘rib chiqildi. Kriminogen vaziyatni barqarorlashtirishda jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 10 nafar IIB rahbari va ularning o‘rinbosarlari ishdan olindi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida organlarning 2026-yilning dastlabki olti oyidagi faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan kollegiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda hududlardagi kriminogen vaziyat, xizmat intizomi hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati muhokama qilindi.

Yig‘ilishda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirishda jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun shahar va tuman ichki ishlar bo‘limlarining 6 nafar boshlig‘i, jamoat xavfsizligiga mas’ul 2 nafar o‘rinbosar hamda viloyat IIBlarining 2 nafar mas’ul rahbari egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Yana 7 nafar rahbar intizomiy jazoga tortildi, 3 nafarining esa keyingi faoliyati maqsadga muvofiqligi masalasi ko‘rib chiqildi.

Hisobot davrida mamlakatdagi 5 778 ta (64%) mahallada birorta ham jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi, ammo 476 ta mahalla hali ham «qizil» toifada qolmoqda. Oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlarning 87 foizi fosh etildi, jinoyatlarni tashabbus bilan aniqlash ko‘rsatkichi esa 31,4 foizga yaxshilandi. Natijada fuqarolarga yetkazilgan 1 trillion 365 milliard so‘mlik moddiy zarar qoplab berildi.

Shuningdek, qidiruvda bo‘lgan 5 010 nafar shaxs ushlandi hamda bebdarak yo‘qolgan 2 616 kishining joyi aniqlandi. Jinoyatlarning oldini olishda eng yuqori natija ko‘rsatgan Toshkent, Samarqand va Farg‘ona viloyatlari IIBlar rag‘batlantirishga tavsiya etildi.