So‘nggi:
Jizzaxda 21 yoshli bloger qiz YTHda vafot etdiJamiyatSpaceX Falcon 9 raketasining pog‘onasi soatiga 8,7 ming km tezlikda Oyga borib urildiDunyoToshkentda iPhone’larni qonuniylashtirib bergan bojxona xodimi ushlandiJamiyatQirg‘iziston O‘zbekistondan oyiga 20 ming tonnaga yaqin neft mahsulotlarini sotib olmoqchiIqtisodiyotFabio Kannavaro: «Jarohati bor futbolchini JCHga olib borgan dunyodagi yagona ahmoq murabbiy o‘zim bo‘lsam kerak»SportXitoy fuqarolar uchun mamlakatga kirish va chiqish qoidalarini yangiladiDunyoToshkent viloyatida ayol go‘dagining pampersiga 200 gramm oltin yashirib, uni mamlakatdan olib chiqib ketishga urindiJamiyatO‘zbekiston orbitaga Samarkand-2028 giperspektral sun’iy yo‘ldoshini uchirdiJamiyatQozog‘iston chet el fuqarolari uchun mamlakatga kirishga pullik ruxsatnoma joriy etishi mumkinDunyoShahrisabz hokimi fuqaroning xonadoniga kirib, tartibsizlik uchun jarima solish bilan tahdid qildiJamiyat

Toshkentda iPhone’larni qonuniylashtirib bergan bojxona xodimi ushlandi

Toshkentda iPhone’larni qonuniylashtirib bergan bojxona xodimi ushlandi

«Keles» bojxona posti inspektori 3000 dollar pora olayotganda ushlandi. U noqonuniy olib kirilgan 10 ta iPhone uchun o‘zgalar pasportiga IMEI-kodlarni rasmiylashtirib bergan.

Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Toshkent shahar bojxona boshqarmasi «Keles» temir yo‘l chegaralangan bojxona posti inspektori pora olish va noqonuniy olib kirilgan texnikani qonuniylashtirishda ayblanib ushlandi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, bojxona xodimi O‘zbekistonga o‘rnatilgan qoidalarni buzgan holda olib kirilgan 10 ta iPhone smartfoni uchun bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish va Ularning IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazib berish evaziga fuqarodan 3 ming dollar olgan. Qonunbuzarlik sxemasi quyidagicha bo‘lgan: bojxona xodimi telefonlarning IMEI-kodlarini boshqa fuqarolarning pasport ma’lumotlaridan foydalangan holda ularning nomiga rasmiylashtirgan va «kulrang» smartfonlarga rasmiy maqom bergan. Shu tariqa, bitta iPhone’ni rasmiylashtirish narxi o‘rtacha 300 dollarga tushgan.

Bojxona inspektori pulni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.