So‘nggi:
O‘zbekistonda bog‘chalarda ishlayotgan pedagoglar uchun dual ta’lim tartibi joriy etilishi mumkinJamiyatO‘zbekistonda 2026-yil 1-avgustdan nimalar o‘zgaradiJamiyatToshkentda 2,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldiJamiyatO‘zbekistonda 1,2 mln xodim oyiga 1,3 mln so‘mgacha maosh olmoqdaIqtisodiyotAndijonda mushuk bolasini devordan oshirib otgan yoshlarga 4,12 mln somdan jarima solindiJamiyat6G texnologiyasi devor orqasini ko‘rish va inson pulsini o‘lchash imkoniyatiga ega bo‘ladi — HeuteDunyoSaida Mirziyoyeva Toshkentdagi noqonuniy qurilishlarni keskin tanqid qildiSiyosatDam olish kunlari O‘zbekistonda havo harorati 43 darajagacha ko‘tariladiJamiyatO‘zbekistonning 15 ta tumanida gaz va elektr muammolarini hal etish bo‘yicha maxsus shtablar tuzildiIqtisodiyotToshkentda kichik biznesga bo‘sh turgan davlat mulklari 10 yilgacha bepul foydalanishga beriladiIqtisodiyot

O‘zbekistonda bog‘chalarda ishlayotgan pedagoglar uchun dual ta’lim tartibi joriy etilishi mumkin

O‘zbekistonda bog‘chalarda ishlayotgan pedagoglar uchun dual ta’lim tartibi joriy etilishi mumkin

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bog‘cha pedagoglari va tarbiyachi yordamchilari uchun dual ta’lim tizimini joriy etishni taklif qildi. Talabalar haftasiga 5 kun ishlaydi va 1 kun OTMda tahsil oladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi oliy ta’lim muassasalarida maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta maxsus ma’lumotli kadrlar uchun o‘quv jarayonini dual ta’lim shaklida tashkil etish tartibini tasdiqlashni taklif qiluvchi qonun loyihasini e’lon qildi.

Tizim maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglar, jumladan, tarbiyachi yordamchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uni 2026–2027-o‘quv yilidan boshlab pedagogika OTMlarida joriy etish rejalashtirilmoqda. Dual ta’limda o‘qish muddati 4 yil etib belgilanadi.

Nizomga ko‘ra, o‘quv jarayoni quyidagicha tashkil etiladi:

  • Ish va amaliyot: Talabalar dushanbadan jumagacha o‘zlari ishlayotgan bog‘chada amaliy faoliyat bilan shug‘ullanadi hamda LMS platformasi orqali mustaqil ta’lim oladi;

  • Nazariy mashg‘ulotlar: Shanba kuni OTMda professor-o‘qituvchilar ishtirokidagi auditoriya darslarida qatnashib, nazariy bilimlarini mustahkamlaydi;

  • Uch tomonlama shartnoma: OTM, bog‘cha va talaba o‘rtasida mehnat intizomi, xavfsizlik va monitoring mexanizmlari belgilangan shartnoma tuziladi.

Talabalarga bog‘cha direktori o‘rinbosari mentor sifatida, OTM esa har 30 nafar talabaga bittadan amaliyot rahbarini biriktiradi. Mehnat shartnomasi bekor qilinganda, talabaga 60 kun ichida boshqa bog‘chaga ishga joylashib, o‘qishini davom ettirish imkoniyati beriladi.

Bundan tashqari, talabalar har semestrda 7 kalendar kunlik hamda yakuniy attestatsiya va diplom himoyasi uchun 14 kalendar kungacha o‘rtacha ish haqi saqlangan holda qo‘shimcha ta’tilga chiqishi ko‘zda tutilgan.