Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Uy-joy narxlari eskrou-hisoblarga o‘tish sababli qimmatlashishi mumkin — Adliya vazirligi

Uy-joy narxlari eskrou-hisoblarga o‘tish sababli qimmatlashishi mumkin — Adliya vazirligi

Adliya vazirligi yangi qurilayotgan xonadonlar narxi oshishi mumkinligidan ogohlantirdi. Ulushdorlarning mablag‘lari eskrou-hisoblarda muzlatiladi, bu esa xaridorlarni muammoli qurilishlardan himoya qiladi, ammo narxlarga ta’sir ko‘rsatadi.

Developerlarning bevosita ulushdorlarning foizsiz mablag‘lari hisobiga uy qurish kabi odatdagi ish sxemasi o‘tmishda qoladi. Islohotga ko‘ra, fuqarolarning pullari bino foydalanishga topshirilgunga qadar bankdagi maxsus hisoblarda muzlatib qo‘yiladi.

Joriy qurilish ishlarini moliyalashtirish uchun developerlar tijorat kreditlarini jalb qilishga majbur bo‘lishadi va ularning foizlari, tabiiyki, uy-joyning yakuniy tannarxiga qo‘shiladi. Shaharsozlik va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi xodimi Jamshid Mirzayevning ta’kidlashicha, narxlarning ehtimoliy oshishi ilmiy tadqiqotlar tomonidan ham tasdiqlangan.

Hukumat ushbu xavf-xatarlarni oqlangan deb hisoblaydi, chunki asosiy ustuvorlik fuqarolarning pullarini insofsiz quruvchilardan himoya qilishdan iborat. Quruvchida muammolar yuzaga kelgan taqdirda, ulushdorlar o‘z mablag‘larini bankdan hech qanday to‘siqsiz qaytarib olishlari mumkin bo‘ladi. Eskrou orqali barcha moliyaviy oqimlar, jumladan ipoteka va subsidiyalar ham o‘tadi. Qat’iy choralarning zarurligini statistika ham tasdiqlaydi: birgina o‘tgan yilning o‘zida 3 mingga yaqin o‘zbekistonlik to‘xtab qolgan qurilishlar sababli 668 milliard so‘m mablag‘ yo‘qotgan.

Bir vaqtning o‘zida bozorni raqamli nazorat qilish uchun yagona Uy-joy platformasi ishga tushiriladi. Unda fuqarolar quruvchining hujjatlari qonuniy ekanligini onlayn teksirishlari va muayyan obyektning raqamli pasporti orqali qurilish bosqichlarini kuzatib borishlari mumkin bo‘ladi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish