So‘nggi:
O‘zbekistonda bolalarga nisbatan zoravonlik va shafqatsiz munosabat bo‘yicha 1246 ishonch telefoni ishga tushirildiJamiyatToshkent atrofida 1 mlrd dollarlik ikki darajali pullik halqa yo‘li qurilishi mumkinJamiyatRossiya O‘zbekiston bilan qurol yetkazib berish bo‘yicha shartnomani qayta ko‘rib chiqmoqchiSiyosatYaponiyada 7,1 magnitudali kuchli zilzila yuz berdiDunyoShavkat Mirziyoyev yangi tayinlangan xorijiy elchilarning ishonch yorliqlarini qabul qildiSiyosat«G‘ishtko‘prik» chegaralangan bojxona posti avgust oyida foydalanishga topshiriladiJamiyatYHXX haydovchilarning balini pul evaziga o‘chirib berishni va’da qilayotgan firibgarlardan ogohlantirdiJamiyatRossiya benzin eksportiga qo‘yilgan taqiqni 2026-yil oxirigacha uzaytirdiDunyoVoyaga yetmagan qizni zo‘rlagan sobiq IIB inspektori 15 yilga qamaldiJamiyatSoliq qo‘mitasi raisining sobiq birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzaevga 8 yildan ortiq qamoq jazosi tayinlandiSiyosat

Yaponiyada 7,1 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi

Yaponiyada 7,1 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi

Yaponiya janubi-g‘arbidagi Kyusyu orolida 7,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Binolar qulab tushgani va yong‘inlar chiqqani xabar qilinmoqda, sohilbo‘yi hududlarida sunami xavfi e’lon qilindi.

28-iyul kuni Yaponiya janubi-g‘arbidagi Kyusyu orolida joylashgan Kumamoto prefekturasida 7,1 magnitudali kuchli zilzila qayd etildi. Yer osti silkinishlari mahalliy vaqt bilan soat 16:35 da, 10 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lgan.

Zilziladan taxminan 30 daqiqa o‘tib 5 ballgacha bo‘lgan aftershok kuzatilgan. NHK telekanali zilzila epimarkazi yaqinida bir nechta binolar qulagani va Uki shahrida yirik yong‘inlar kelib chiqqanini ma’lum qildi. Kyodo agentligi hodisa oqibatida bir necha kishi jarohat olganini bildirdi.

Yaponiya meteorologiya agentligi Ariake va Yatsushiro dengizlari qirg‘oq hududlari uchun balandligi 1 metr atrofida bo‘lgan sunami xavfini e’lon qildi va aholiga sohilga yaqinlashmaslikni tavsiya etdi. Dastlabki to‘lqinlar allaqachon qirg‘oqqa yetib kelgan. Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Minoru Kihara mamlakatdagi atom elektr stansiyalarida, jumladan, Kagosima prefekturasidagi «Senday» AESda hech qanday nosozliklar aniqlanmaganini ma’lum qildi.

Zilzila kuchi qo‘shni Nagasaki, Kagosima, Fukuoka, Saga va Miyadzaki prefekturalarida ham sezilgan. Kyushu Electric kompaniyasi ma’lumotiga ko‘ra, Kumamoto prefekturasida 48 ming 300 ta xonadon elektr energiyasiz qolgan. Bosh vazir Sanae Takaichi aholini takroriy va kuchliroq tebranishlardan ogoh bo‘lishga chaqirdi.