So‘nggi:
Isroil G‘azo sektoriga xorijiy xavfsizlik kuchlarini kiritishga rozi bo‘ldiDunyoO‘zbekistonda iyul oyining so‘nggi haftasida anonomal issiq va chang-to‘zonlar kutilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda o‘rtacha oylik maosh 7,1 mln so‘mga yetdiIqtisodiyotO‘zbekistonda yarim yilda 2,3 mingga yaqin YTH qayd etildiJamiyatPutin oilasini ta’minlay olmagan migrantlar Rossiyani tark etishini nazarda tutuvchi qonunni imzoladiDunyoToshkentdagi bekatda 32 yoshli kuryer o‘zini osib o‘ldirdiJamiyatYevro banknotlarining yangi dizayn variantlari namoyish etildiDunyoBangladesh prezidenti xastalik sabab muddatidan ikki yil avval iste’foga chiqdiDunyo«Manchester Siti» Abduqodir Xusanov bilan shartnomani 2031-yilgacha uzaytirdiSportQashqadaryoda itni avtomobilga bog‘lab sudragan haydovchiga nisbatan ish sudga oshirildiJamiyat

O‘zbekistonda yarim yilda 2,3 mingga yaqin YTH qayd etildi

O‘zbekistonda yarim yilda 2,3 mingga yaqin YTH qayd etildi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekistonda 2 286 ta YTH sodir bo‘ldi. yo‘l-transport hodisalar oqibatida 3 306 kishi jabrlandi. Eng ko‘p avariya Toshkent shahrida qayd etilgan.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari oqibatida turli darajada tan jarohati olgan va jabrlanganlar soni 3 306 nafarni tashkil etdi. Respublika bo‘yicha avariyalar va ko‘ngilsiz hodisalarning eng yuqori ko‘rsatkichi poytaxt hisobiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, eng kam ko‘rsatkich Buxoro viloyatida kuzatilgan.

Hududlar kesimida yo‘l-transport hodisalari statistikasi quyidagicha taqsimlandi:

  • Toshkent shahri — 420 ta YTH;

  • Samarqand viloyati — 311 ta YTH;

  • Toshkent viloyati — 271 ta YTH;

  • Farg‘ona viloyati — 218 ta YTH;

  • Namangan viloyati — 196 ta YTH;

  • Andijon viloyati — 160 ta YTH;

  • Qashqadaryo viloyati — 135 ta YTH;

  • Surxondaryo viloyati — 120 ta YTH;

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 114 ta YTH;

  • Xorazm viloyati — 85 ta YTH;

  • Navoiy viloyati — 83 ta YTH;

  • Jizzax viloyati — 75 ta YTH;

  • Sirdaryo viloyati — 50 ta YTH;

  • Buxoro viloyati — 48 ta YTH.

O‘tayotgan yil davomida mamlakat yo‘llari hamda sanoat obektlarida bir qancha shov-shuvli va ayanchli avariyalar yuz bergan edi. Xususan, 21-iyul kuni Navoiy viloyatidagi «Muruntov» koni hududida ulkan «BelAZ» yuk mashinasi pikap avtomobilini pachaqlab ketishi oqibatida ikki kishi voqea joyida halok bo‘lgan edi. Shuningdek, 16-iyul kuni Toshkent shahrida Onix rusumli avtomobil hamda YPX xodimining motosikli to‘qnashib ketgan va oqibatda YPX xodimi olgan og‘ir jarohatlari sababli vafot etgandi.

Eslatib o‘tamiz, Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (YHXX) ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yil yakunlari bo‘yicha yo‘l-transport hodisalari oqibatida 2 188 kishi halok bo‘lgan, 8 901 kishi esa turli darajadagi tan jarohatlari olgan edi. O‘sha paytda ushbu ko‘rsatkichlar 2024-yilga nisbatan biroz kamaygani qayd etilgan.