O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati 42 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati 42 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda dam olish kunlari quruq va issiq ob-havo saqlanib qoladi. Uzgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, yakshanba kuniga borib mamlakatning ayrim hududlarida havo harorati 42 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda dam olish kunlari ochiq va yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib qoladi. Gidrometeorologiya xizmati agentligi (Uzgidromet) bergan ma’lumotlarga ko‘ra, faqat respublikaning ayrim tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

Dam olish kunlarida havo harorati bosqichma-bosqich ko‘tarilib boradi. Yakshanba kuniga kelib, respublikaning aksariyat hududlarida kunduzgi havo harorati +36…+39 darajagacha, shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarida esa +40…+42 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi soniyasiga 13–18 metrgacha kuchayib, chang-to‘zonlar kuzatilishi ehtimoli bor.

Poytaxt Toshkent shahrida ham kam bulutli va yog‘ingarchiliksiz ob-havo hukmron bo‘ladi. Shanba kuni kechasi havo harorati +21…+23 daraja, kunduzi +35…+37 daraja issiq bo‘ladi. Yakshanba kuni esa kechasi +22…+24 daraja, kunduzi esa havo harorati +36…+38 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Shamol sharqiy yo‘nalishdan soniyasiga 3–8 metr tezlikda esadi.

Bunday issiq kunlarda shifokorlar va favqulodda vaziyatlar xizmati mutaxassislari aholiga soat 11:00 dan 17:00 gacha quyosh ostida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yurmaslikni, ko‘proq toza suv iste’mol qilishni, yengil va paxtali kiyimlar kiyishni hamda surunkali xastaligi bor fuqarolarga salqin joylarda bo‘lishni tavsiya etadi.