So‘nggi:
Misrdan O‘zbekistonga o‘ta xavfli jinoyatchi ekstraditsiya qilindiJamiyatYangiqo‘rg‘onda qishloq xo‘jaligi maydonlari do‘ldan raketalar yordamida himoya qilindiJamiyatQashqadaryoda kelinini o‘zini o‘ldirish darajasiga yetkazgan qaynona 5 yilga qamaldiJamiyatO‘zbekistonda xaridlar uchun 1% keshbekni bekor qilish taklif qilindiIqtisodiyotChirchiqda ko‘cha mushuklarini boqqani uchun jarimaga tortilgan 73 yoshli ayol vafot etdiJamiyatWildberries’ning Krasnodar va Nevinnomisskdagi omborlariga dronlar hujum qildiDunyoRossiyada sudlangan migrantlarga fuqarolik va yashash ruxsatnomasi berilmaydiSiyosatO‘zbekiston energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun 8 mlrd dollar kerakJamiyatShavkat Mirziyoyev banklar faoliyatini uch oy ichida yaxshilashni talab qildiSiyosatO‘zbekistonliklar daromadining yarmidan ko‘prog‘ini kredit to‘lovlariga sarflamoqdaJamiyat

Yangiqo‘rg‘onda qishloq xo‘jaligi maydonlari do‘ldan raketalar yordamida himoya qilindi

Yangiqo‘rg‘onda qishloq xo‘jaligi maydonlari do‘ldan raketalar yordamida himoya qilindi

Qirg‘izistondan kirib kelgan do‘l buluti Yangiqo‘rg‘on tumanida kuchli do‘l yog‘ishiga sabab bo‘ldi. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini asrab qolish maqsadida O‘zgidromet xodimlari 18 ta «Alazan-6» raketasini qo‘lladi.

Yuzaga kelgan tabiiy hodisaning qishloq xo‘jaligi ekinlariga yetkazadigan salbiy ta’sirini kamaytirish va hosilni nobud bo‘lishdan asrab qolish maqsadida Yangiqo‘rg‘on gidrometeorologiya majmuasi mutaxassislari zudlik bilan atmosferadagi jarayonlarga faol ta’sir ko‘rsatish choralarini ko‘rdi.

Zararsizlantirish tadbirlari davomida havo bulutlariga qarata jami 18 ta «Alazan-6» rusumli maxsus raketalar otildi. Raketa zarbalari bir vaqtning o‘zida uchta texnologik qo‘mondonlik punktidan amalga oshirildi.

Xususan, 1-sonli punkt orqali Iskovot, Yangihayot va Hadikent yo‘nalishlariga 6 ta raketa uzatilgan bo‘lsa, 3-sonli punkt xodimlari Bog‘iston va O‘rtayalang‘och hududlari bo‘ylab yana 6 ta raketani qo‘lladi. Qolgan 6 ta raketa esa 4-sonli punktdan Bog‘iston, O‘rtayalang‘och va Hadikent yo‘nalishlaridagi bulut o‘choqlariga qarata otildi.

Amalga oshirilgan tezkor amaliyot do‘l zarrachalarining yiriklashishiga yo‘l qo‘ymay, ekin maydonlarini jiddiy talafotlardan saqlab qolish imkonini berdi.