Uy-joy egalariga ko‘chmas mulkning yangi bahosi bo‘yicha xabarnomalar kelmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev Toshkentdagi yangi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurdiSiyosatO‘zbekiston iyulda 1 tonna oltin sotdi, lekin dunyoda top-3 xaridorligicha qolmoqdaIqtisodiyotMaktablarda dutor, doira va raqs to‘garaklari ochiladiJamiyatQashqadaryoning baland tog‘li hududlarida birinchi qor yog‘diJamiyatFarg‘onada ko‘p qavatli uy erto‘lasida akulali basseyn barpo etilgani aniqlandiJamiyatToshkent hokimligi Glinka ko‘chasidagi portlash sababini ma’lum qildi: jinoyat ishi qo‘zg‘atildiJamiyatAvgust oyida 71,9 mlrd so‘mlik elektr va gaz noqonuniy ishlatilgani aniqlandiJamiyat«60 bilan ketayotgandim, kamera 66 ko‘rsatdi»: Toshkentda haydovchilar radarlar xatosidan xavotirdaJamiyatAQSHda Donald Tramp tasvirlangan 1 dollarlik tanga muomalaga chiqarildiDunyo

Xorijiy turoperatorlarga O‘zbekiston fuqarolariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tur sotish taqiqlanishi mumkin

Xorijiy turoperatorlarga O‘zbekiston fuqarolariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tur sotish taqiqlanishi mumkin

Turizm qo‘mitasi xorijiy turoperatorlarga sayohatlarni faqat mahalliy hamkorlar orqali yoki O‘zbekistonda yuridik shaxs ochgan holda sotish majburiyatini yuklovchi qaror loyihasini e’lon qildi. Sayohat narxi oshishi mumkin.

Hujjatga ko‘ra, xorijiy turoperatorlar endilikda O‘zbekiston fuqarolariga xorijiy turpaketlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish huquqidan mahrum bo‘lishlari mumkin. Chet el kompaniyalari o‘zbek bozorida ishlash uchun ikki yo‘ldan birini tanlashga majbur bo‘ladi: chiqish turizmi bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lgan mahalliy litsenziyalangan turoperator bilan shartnoma tuzish yoki O‘zbekistonda o‘z yuridik shaxsini ochib, tegishli litsenziyani rasmiylashtirish.

Yangi tartib ichki vositachilar bozoriga ham ta’sir qiladi. Loyihada turagentlarga xorijiy operatorlarning turpaketlarini mahalliy litsenziyalangan turoperator ishtirokisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotishni taqiqlash taklif etilmoqda. Ushbu cheklov barcha savdo kanallariga, jumladan, veb-saytlar, mobil ilovalar, ijtimoiy tarmoqlar va onlayn to‘lov tizimlariga tegishlidir.

Agar turagent ushbu talabni buzsa, u sotgan turpaket Milliy turizm platformasida ro‘yxatdan o‘tmagan deb hisoblanadi va kompaniyaga nisbatan qonunchilikda belgilangan choralar ko‘riladi. Shartnoma majburiyatlari bo‘yicha sayyoh oldidagi javobgarlik to‘liq hajmda mahalliy turoperator yoki xorijiy kompaniyaning O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxsi zimmasiga yuklatiladi.

Hukumat ushbu tashabbusni fuqarolar huquqlarini himoya qilish va xorijdagi favqulodda holatlarning oldini olish istagi bilan izohlamoqda. Loyiha doirasida «Xavfsiz turizm» jamg‘armasini tashkil etish ko‘zda tutilgan bo‘lib, uning mablag‘lari hisobidan sayyohlarga yetkazilgan zarar qoplanadi va ularni chet eldan evakuatsiya qilish xarajatlari to‘lanadi. Litsenziya olish uchun turoperatorlar jamg‘armada kamida 50 ming AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ni zaxira qilib qo‘yishlari shart, shuningdek, har bir sotilgan turpaketdan kafolatli yig‘im to‘lanadi.

Mahalliy operatorlar har bir turni majburiy tartibda Milliy turizm platformasida ro‘yxatdan o‘tkazishi shart bo‘ladi. Shundan so‘ng sayyohga maxsus elektron turkod beriladi — bu safar ro‘yxatdan o‘tgani va fuqaro davlat himoya tizimiga kiritilganini tasdiqlaydi. Biroq ekspertlarning fikricha, majburiy vositachilarning paydo bo‘lishi, yirik miqdordagi zaxira mablag‘lari va yig‘imlarning joriy etilishi bozorda tanlovning kamayishiga hamda xorijiy turlar narxining sezilarli darajada oshishiga olib kelishi mumkin. Hozirda hujjat loyiha bosqichida bo‘lib, muhokamalar davom etmoqda.