So‘nggi:
Sobiq imom va «Rayxon» brendi asoschisi Odilxon Ismoilov 8 yilga qamaldiJamiyatRossiyada ayollarga harbiy komissariatdan chaqiruv qog‘ozlari yuborilmoqdaDunyoXorijiy turoperatorlarga O‘zbekiston fuqarolariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tur sotish taqiqlanishi mumkinIqtisodiyotFarg‘onada o‘z farzandini sotmoqchi bo‘lgan er-xotin 5 yilga qamaldiJamiyatToshkentning qator hududlarida tunda issiq suv harorati pasaytiriladiJamiyatJCH-2026 o‘yinlariga 6,8 million tomoshabin tashrif buyurdi va yangi rekord o‘rnatildiSportJazirama issiq havo 21-iyuldan boshlab O‘zbekistonni tark etadiJamiyatToshkent viloyati va Vodiyning tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi e’lon qilindiJamiyatO‘zbekistonda anomal issiq sababli turizm sohasi uchun «siesta» joriy etilishi mumkinIqtisodiyotIspaniya Argentinani mag‘lub etib, JCH-2026 chempioniga aylandiSport

Toshkent viloyati va Vodiyning tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi e’lon qilindi

Toshkent viloyati va Vodiyning tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi e’lon qilindi

O‘zgidromet 21–24-iyul kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sababli O‘zbekistonning to‘rtta viloyatidagi tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqini xavfi haqida ogohlantirdi.

Kutilayotgan yomg‘irlar sababli joriy yilning 21–24-iyul kunlari O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuz berishi mumkin. O‘zgidromet xizmati agentligi xabariga ko‘ra, respublikaning to‘rtta viloyatida xavfli tabiiy hodisalar kuzatilishi ehtimoli yuqori. Tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda ushbu yo‘nalishlarda harakatlanuvchi haydovchilardan xavfsizlik choralarini ko‘rish so‘ralmoqda. Shuningdek, yog‘ingarchilik sababli ayrim joylarda yomg‘ir suvlari to‘planishi va bu hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkinligi ta’kidlandi.

Sel va suv toshqinlari xavfi quyidagi hududlarda e’lon qilingan:

  • Toshkent viloyatida: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Pskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlari hamda Angren va Olmaliq shaharlari;

  • Namangan viloyatida: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan va Yangiqo‘rg‘on tumanlari;

  • Farg‘ona viloyatida: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona va Beshariq tumanlari;

  • Andijon viloyatida: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari va Xonobod shahri.