So‘nggi:
Sobiq imom va «Rayxon» brendi asoschisi Odilxon Ismoilov 8 yilga qamaldiJamiyatRossiyada ayollarga harbiy komissariatdan chaqiruv qog‘ozlari yuborilmoqdaDunyoXorijiy turoperatorlarga O‘zbekiston fuqarolariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tur sotish taqiqlanishi mumkinIqtisodiyotFarg‘onada o‘z farzandini sotmoqchi bo‘lgan er-xotin 5 yilga qamaldiJamiyatToshkentning qator hududlarida tunda issiq suv harorati pasaytiriladiJamiyatJCH-2026 o‘yinlariga 6,8 million tomoshabin tashrif buyurdi va yangi rekord o‘rnatildiSportJazirama issiq havo 21-iyuldan boshlab O‘zbekistonni tark etadiJamiyatToshkent viloyati va Vodiyning tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi e’lon qilindiJamiyatO‘zbekistonda anomal issiq sababli turizm sohasi uchun «siesta» joriy etilishi mumkinIqtisodiyotIspaniya Argentinani mag‘lub etib, JCH-2026 chempioniga aylandiSport

O‘zbekistonda anomal issiq sababli turizm sohasi uchun «siesta» joriy etilishi mumkin

O‘zbekistonda anomal issiq sababli turizm sohasi uchun «siesta» joriy etilishi mumkin

Prezident qarori loyihasiga ko‘ra, 1-iyundan 31-avgustgacha Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xivada «Siesta» tizimini sinovdan o‘tkazish taklif etilmoqda. Eng issiq vaqtda turizm ob’yektlari tanaffusga chiqadi.

Hujjat bilan har yili 1-iyundan 31-avgustgacha Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarida sinov tariqasida «Siesta» tizimini joriy etish taklif qilinmoqda. Ushbu tizim mehmonxonalar, muzeylar, madaniy meros ob’yektlari, restoranlar, kafelar, turoperatorlar va ko‘ngilochar maskanlar faoliyatini qamrab oladi.

Taklif etilayotgan tartibga ko‘ra, infratuzilma ob’yektlarining ish vaqti o‘zgaradi: ertalabki ish vaqti (07:00–13:00), kunning eng issiq vaqtidagi tanaffus — «siesta» (13:00–17:00) va kechki-tungi ish vaqti (17:00–23:00). Kunduzgi tanaffus paytida ob’yektlar tashrif buyuruvchilar uchun qulay sharoitlarni, xususan, konditsionerlar ishlashini hamda minimal darajadagi xodimlar navbatchiligini ta’minlashi lozim. Hujjatda xodimlarning ish haqi kamaytirilmasligi va mehnat sharoitlari yomonlashmasligi shartligi alohida belgilangan.

Bundan tashqari, loyihada «Tungi muzey» va «Kechki ekskursiya» dasturlarini yo‘lga qo‘yish, restoranlarda maxsus yozgi menyular yaratish, tungi vaqtda jamoat transporti va ko‘chalarni yoritish tizimi ishini muvofiqlashtirish ko‘zda tutilgan. Turizm qo‘mitasi 2026-yil 1-noyabrga qadar Vazirlar Mahkamasiga ushbu tajriba samaradorligi bo‘yicha hisobot va uni boshqa hududlarga ham tatbiq etish yuzasidan takliflar kiritishi kerak. Hozirda mazkur hujjat loyiha maqomida bo‘lib, muhokama bosqichidan o‘tmoqda.