So‘nggi:
Mahalla raislariga ijtimoiy ob’ektlar qurish uchun yerlarni auksionga chiqarish vakolati beriladiSiyosatO‘zbekistonda anomal issiq sababli poyezdlar harakati tezligi cheklanadiJamiyatToshkent yerusti metrosi bekatida tom konstruksiyasining bir qismi qulab tushdiJamiyatToshkentda 1,2 mlrd so‘mlik kontrabanda snyus mahsulotlari to‘xtatib qolindiJamiyatToshkentda kapotiga intim o‘yinchoq yopishtirib yurgan Cobalt haydovchisi 15 sutkaga qamaldiJamiyatO‘zbekistonda pasport yoki ID-kartani yo‘qotganlik uchun jarimani bekor qilish rejalashtirilmoqdaJamiyatToshkent viloyatida anomal issiq sababli barcha bog‘chalar faoliyati vaqtincha to‘xtatildiJamiyatO‘zbekistonda ko‘chmas mulkni vaqtida rasmiylashtirmaganlik uchun jarimalar bekor qilindiJamiyatO‘zbekistonda anomal issiq kuchayib, harorat +48 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda «Barselona» futbol akademiyasini ochish rejalashtirilmoqdaSport

O‘zbekistonda anomal issiq sababli poyezdlar harakati tezligi cheklanadi

O‘zbekistonda anomal issiq sababli poyezdlar harakati tezligi cheklanadi

Anomal issiq ob-havo tufayli Temiryo‘lekspress ayrim yo‘nalishlarda poyezdlar tezligini cheklaydi. Ayrim poyezdlar manzilga kechikib kelishi mumkin.

Ushbu qaror yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash, poyezdlar harakati ishonchliligini saqlash hamda jazirama issiqda temir yo‘l infratuzilmasining barqaror va xavfsiz ishlashini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

Tezlikning cheklanishi munosabati bilan ayrim poyezdlar o‘z manzillariga jadvalda ko‘rsatilgan vaqtdan kechikib kelishi mumkin. Kompaniya yo‘lovchilardan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kechikishlarni to‘g‘ri tushunishlarini so‘rab, cheklovlar birinchi navbatda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida joriy etilayotganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatda kuzatilayotgan ekstremal issiq va energetika tizimiga tushayotgan yuklamalar fonida bundan avval ham bir qator jiddiy cheklovlar joriy etilgan edi. Chunonchi, 16-iyuldan boshlab Toshkent viloyatida barcha davlat, xususiy va idoraviy bog‘chalar faoliyati vaqtincha to‘liq to‘xtatildi.

Shuningdek, Davlat mehnat inspeksiyasi ish beruvchilarga kunning eng issiq vaqtida, ya’ni soat 11:00 dan 16:00 gacha xodimlarning ochiq havoda ishlashini cheklash yoki to‘xtatishni tavsiya qildi. Ekologiya qo‘mitasi esa aholi va mas’ul tashkilotlarni anomal jazirama davrida daraxtlar va yashil maydonlarni asrash uchun qo‘shimcha sug‘orish choralarini ko‘rishga chaqirdi.