So‘nggi:
Toshkent yerusti metrosi bekatida tom konstruksiyasining bir qismi qulab tushdiJamiyatToshkentda 1,2 mlrd so‘mlik kontrabanda snyus mahsulotlari to‘xtatib qolindiJamiyatToshkentda kapotiga intim o‘yinchoq yopishtirib yurgan Cobalt haydovchisi 15 sutkaga qamaldiJamiyatO‘zbekistonda pasport yoki ID-kartani yo‘qotganlik uchun jarimani bekor qilish rejalashtirilmoqdaJamiyatToshkent viloyatida anomal issiq sababli barcha bog‘chalar faoliyati vaqtincha to‘xtatildiJamiyatO‘zbekistonda ko‘chmas mulkni vaqtida rasmiylashtirmaganlik uchun jarimalar bekor qilindiJamiyatO‘zbekistonda anomal issiq kuchayib, harorat +48 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda «Barselona» futbol akademiyasini ochish rejalashtirilmoqdaSportO‘zbekistonda elektr iste’moli bo‘yicha yangi rekord qayd etildi. Energetika vazirligi tejamkorlikka chaqirmoqdaJamiyat1-noyabrdan O‘zbekistonda abonent roziligisiz reklama SMS-xabarlarini yuborish taqiqlanadiIqtisodiyot

Toshkentda 1,2 mlrd so‘mlik kontrabanda snyus mahsulotlari to‘xtatib qolindi

Toshkentda 1,2 mlrd so‘mlik kontrabanda snyus mahsulotlari to‘xtatib qolindi

Toshkentda yuk mashinasidan olib kirilishi taqiqlangan 15 ming quti nikotinli snyus topildi. Bojxona xodimlari kontrabanda egasini ham aniqlashdi.

Unda avvaldan kuzatuvga olingan yuk avtomobili ko‘zdan kechirilganda, yukxonasida 30 ta karton qutiga joylangan jami 15 ming dona nikotinli snyus borligi aniqlandi. Ushbu taqiqlangan tovarlarning umumiy qiymati 1 milliard 200 million so‘mni tashkil etdi. Keyingi tezkor harakatlar natijasida ushbu kontrabanda yukining egasi kimligi ham aniqlandi.

O‘zbekistonga nikotinli snyus olib kirish butunlay taqiqlangan. Uni noqonuniy ravishda muomalaga kiritganlik uchun ma’muriy javobgarlik, ya’ni BHMning 200 baravarigacha jarima, shuningdek 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutuvchi jinoiy javobgarlik choralari belgilangan.

Taqdim etilgan statistikaga ko‘ra, joriy yilning dastlabki 6 oyi davomida bojxona xodimlari tomonidan respublika bo‘yicha 185 ta shunday holat fosh etilgan. Noqonuniy muomaladan umumiy qiymati 4,2 milliard so‘mlik 58 403 quti nikotinli snyus musodara qilingan.